O‘zbekiston | 08:18 / 23.08.2021
6530
2 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryo viloyatini rivojlantirish dasturlari tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasining 2021-2023 yillarda Surxondaryo viloyatining Bandixon, Muzrabot, Sherobod va Qiziriq tumanlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorlari qabul qilindi.

Quyidagilar tumanlarni kompleks rivojlantirish Dasturlarini amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilandi:

  • tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining, xususan, xotin-qizlar, yoshlar va kam ta'minlangan fuqarolar bandligini ta'minlash orqali ularning daromadlari va turmush darajasini oshirish;
  • aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
  • muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, shu jumladan, ichki yo‘llarni va ijtimoiy soha obektlarini rekonstruksiya qilish va qayta ta'mirlash, aholining toza ichimlik suv, tabiiy va suyultirilgan gaz, elektr energiyasi bilan ta'minlanganlik darajasini oshirish;
  • ijtimoiy soha obektlari holatini yaxshilash, binolarni ta'mirlash, hududlarni obodonlashtirish, xususan, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini tubdan oshirish.

Hujjatlar bilan quyidagilarni o‘z ichiga olgan 2021-2023 yillarda Surxondaryo viloyatining Bandixon, Muzrabot, Sherobod va Qiziriq tumanlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari dasturlari tasdiqlandi:

  • Kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining maqsadli parametrlari va moliyalashtirish manbalari;
  • Sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi sohalarida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxati;
  • Yo‘l-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilash va obodonlashtirish bo‘yicha kompleks tadbirlar;
  • Ijtimoiy soha obektlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda ta'mirlash bo‘yicha manzilli ro‘yxat;
  • Mahallabay ishlashni tashkil etish orqali mahallalarning "drayver" sohalarini rivojlantirish prognoz ko‘rsatkichlari;
  • Aholining bandligini ta'minlash va daromad manbaini yaratish bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlar;
  • Kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturini amalga oshirish natijasida erishiladigan natijalar.

Hujjatlar Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasida e'lon qilingan va 13.08.2021 yildan kuchga kirdi.

Mavzuga oid