Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toliblar harakatning siyosiy yetakchisi MRB rahbari bilan uchrashgani to‘g‘risidagi xabarni rad etishdi
Avvalroq The Washington Post gazetasi MRB direktori Kobulda toliblar siyosiy yetakchisi bilan yashirincha uchrashgani haqida xabar bergandi.
“Tolibon” harakati vakili Zabihulla Mujohid Kobulda toliblarning siyosiy yetakchisi Abdug‘ani Birodar AQSh Markaziy razvedka byurosi direktori Uilyam Berns bilan uchrashgani to‘g‘risidagi xabarni rad etdi.
“Menda bunday uchrashuv bo‘lib o‘tgani haqida ma'lumot yo‘q”, - deya Mujohidning so‘zlaridan iqtibos keltirgan 1TV telekanali.
Avvalroq The Washington Post gazetasi MRB direktori Kobulda yashirincha toliblar siyosiy yetakchisi bilan uchrashgani haqida xabar bergandi.
Xabarda aytilishicha, Bayden MRB direktorini toliblar yetakchisi bilan muzokara o‘tkazish uchun yuborgan. Dushanba kuni o‘tkazilgan “oliy darajadagi uchrashuv”da katta ehtimol bilan AQSh va ittifoqchilari fuqarolarining evakuatsiya qilinishi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilingan.