O‘zbekiston | 18:19 / 25.08.2021
13399
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent arxitektura-qurilish instituti rektori o‘zgardi

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tizimida yangi tayinlov amalga oshirildi.

Hukumatning tegishli qarori bilan Erjan Kaxya Toshkent arxitektura-qurilish instituti rektori etib tayinlandi.

Turkiyalik Erjan Kaxya bungacha Istanbul texnika universiteti professori sifatida faoliyat yuritgan. U 1980-1984 yillarda Istanbul texnika universitetida bakalavriaturani, 1988 yilda Nyu-Yorkdagi Politexnika universitetida magistraturani bitirgan.

Toshkent arxitektura-qurilish institutiga 2016 yildan buyon Ravshan Rashidovich Hakimov rektorlik qilib kelayotgandi.

Mavzuga oid