Jahon | 21:22 / 25.08.2021
19531
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada “Yakudza” rahbari o‘limga hukm qilindi

Ma'lumot berilishicha, Nomora Satora va Fumio Tanoue to‘rt kishining o‘limini tashkillashtirishda ayblangan.

Foto: NHK World-Japan

Yaponiyaning Fukuoka prefekturasi okrug sudi “Yakudza” jinoiy guruhining 74 yoshli rahbari Nomora Satorani osib o‘ldirishga hukm qildi. Bu haqda Independent nashri xabar bermoqda.

Uning yordamchisi Fumio Tanoue bir umrga ozodlikdan mahrum etildi.

Ma'lumot berilishicha, Nomora va Tanoue to‘rt kishining o‘limini tashkillashtirishda ayblangan. Tergovda aniqlanishicha, dastlab Kitakusyu shahridagi baliqchilik kooperativi rahbari o‘ldirilgan. So‘ngra Kitakusyu politsiyasi ofitseri, Nomora davolangan shifoxonada ishlaydigan hamshira va kooperativ boshlig‘ining qarindoshini o‘ldirishgan.

Sudyaning qayd etishicha, jinoyatlar o‘ta vahshiylik bilan amalga oshirilgan.

Yaponiya — o‘lim jazosi saqlanib qolgan rivojlangan davlatlardan biri. Yaponiyadan tashqari, AQSh, Tayvan va Singapurda jinoyatchilar o‘limga hukm qilinadi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid