Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
30 avgustdan Toshkent metrosining barcha yo‘nalishlari soat 05:00 dan 00:00 gacha ishlaydi
Joriy yilning 30 avgust kunidan boshlab Toshkent metropolitenining barcha yo‘nalishlari soat 05:00 dan 00:00 gacha ishlaydi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston mustaqilligining 30 yillik bayramini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish munosabati bilan, joriy yilning 30 avgustidan boshlab poyezdlar qatnovi bo‘yicha yangi jadval joriy etiladi.
Bunda:
- “Chilonzor” va “Sergeli” yo‘nalishlarida ertalabki soat 07:30 dan 09:00 gacha poyezdlar oralig‘i 3 daqiqani tashkil etadi va kechki soat 16:30 dan 19:00 gacha 4 daqiqa oralig‘i bilan harakatlanadi;
- “O‘zbekiston” yo‘nalishida ertalabki soat 07:30 dan 09:00 gacha poyezdlar oralig‘i 4 daqiqani tashkil etadi va kechki soat 16:30 dan 19:00 gacha 5 daqiqa oralig‘i bilan harakatlanadi;
- “Yunusobod” yo‘nalishida ertalab soat 07:30 dan 09:00 gacha 6 daqiqa oralig‘i bilan harakatlanadi va 16:30 dan 19:30 gacha poyezdlar qatnovi har 7-daqiqada tashkil etiladi.
Shuningdek, joriy yilning 30 avgustidan boshlab Toshkent metropolitenining barcha liniyalari soat 05:00 dan 00:00 gacha ishlaydi. Bugungi kunga qadar, Yunusobod” va Halqa yerusti yo‘nalishlari soat 06:00 dan 23:00 gacha ishlagan.
Mavzuga oid
19:57 / 22.02.2026
Toshkent va Praga o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda
07:41 / 22.02.2026
Toshkentda uchta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
20:07 / 21.02.2026
Mubashshir Ahmad vaqtincha Toshkentdagi ixtisoslashgan kasalxonaga o‘tkazildi
16:04 / 21.02.2026