Qozog‘iston kabel-sim importi uchun utilizatsiya yig‘imi kiritdi. Bu o‘zbek tadbirkorlariga ta'sir qiladi
Qozog‘iston tomonidan notarif cheklov o‘rnatilishi kabel-sim mahsulotlari ishlab chiqaruvchi O‘zbekiston korxonalariga jiddiy ta'sir o‘tkazishi mumkin. 2021 yilning 7 oyida O‘zbekiston korxonalari Qozog‘istonga 10,7 mln dollarlik kabel-sim mahsulotlarini eksport qilgan.

2021 yil 1 iyundan boshlab, Qozog‘iston tomonidan import qilinadigan kabel-sim mahsulotlariga 5 foiz miqdorida utilizatsiya yig‘imi joriy qilindi hamda 2022 yildan boshlab bu yig‘im 10 foiz miqdorida o‘zgarishi belgilandi.
Utilizatsiya yig‘imi – ekologik xavfsizlikni ta'minlash, fuqarolar sog‘lig‘ini va atrof-muhitni himoya qilish maqsadida g‘ildirakli transport vositalari, o‘ziyurar mashinalar va shunga o‘xshash texnikalar va mahsulotlarni ishlab chiqarish yoki mamlakatga olib kirish uchun joriy qilinadi.
Mazkur tartibga asosan, Qozog‘istonda faoliyat yuritadigan kabel-sim mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan to‘langan utilizatsiya yig‘imi davlat tomonidan to‘liq qaytarib beriladi. Demak, mazkur utilizatsiya yig‘imi faqatgina import qilinadigan kabel-sim mahsulotlari uchun joriy qilingan.
Hukumat tomonidan mazkur tartibni joriy qilish uchun asosiy maqsad sifatida ekologik muhitni kabel-sim mahsulotlari chiqindilaridan asrash ko‘rsatib o‘tilgan hamda Qozog‘iston Ekologiya kodeksiga yangi “ekologik xavfsiz kabel-sim mahsuloti” atamasi kiritilgan.
“O‘zeltexsanoat” uyushmasining ma'lum qilishicha, joriy yilning dastlabki 7 oyi davomida O‘zbekiston korxonalari Qozog‘istonga 10,7 million dollarlik kabel-sim mahsulotlarini eksport qilgan. Iyul oyidan utilizatsiya yig‘imining joriy qilinishi eksport mahsulotlarining narxini oshirib, raqobatbardoshligini kamaytirishi mumkin.
O‘zbekiston kompaniyalari uchun Qozog‘istonga mahsulot eksport qilish birmuncha qulay. Bundan tashqari, hukumat Markaziy Osiyo mamlakatlariga kabel-sim mahsulotlarini eksport qiluvchi hamma kompaniyalarning transport xarajatlarini qoplab berish majburiyatini olgan.
Bunga qadar sim-kabel mahsulotlari uchun Markaziy Osiyoning hech qaysi davlatida utilizatsiya yig‘imi mavjud emasdi.
Bu qaror yuzasidan Rossiya Elektr kabel uyushmasi va Belorusning ko‘plab korxonalari Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasiga Qozog‘iston tomonidan ittifoqchi sheriklar uchun himoya chorasini yaratish to‘g‘risida ariza bilan chiqishgan.
Tavsiya etamiz
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tuproq va ekinlarni «yorituvchi» bakteriyalar yaratildi
Fan-texnika | 11:53
-
«Siti» finalga chiqdi, «Roma» va Shomurodov «Inter»ni to‘xtatdi. Kun o‘yinlari
Sport | 11:37
-
Toshkentda fuqaroni tibbiyot institutiga o‘qishga kiritish evaziga 13 ming dollar olgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 11:29
-
Rubio: Muzokaralardan voz kechish yoki kechmasligimizni tez orada hal qilamiz
Jahon | 11:26
Mavzuga oid

20:59 / 27.04.2025
Qozog‘iston hukumati 9 may kuni tantanali yurishlar o‘tkazishni taqiqladi

21:22 / 25.04.2025
Qozog‘iston superkompyuter yaratishga 40-50 mln dollar sarflaydi

08:43 / 25.04.2025
Qozog‘istonda Rossiya bilan urushga tayyorgarlik ko‘rilayotgani rad etildi

07:55 / 23.04.2025