Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toliblar tibbiyot muassasalarida ishlaydigan ayollarni ishga qaytishga chaqirdi
Avvalroq Mujohid kelajakda ayollar o‘zlarining kundalik yumushlariga qaytishlari mumkinligini aytgandi.
Afg‘onistonda hokimiyatni egallagan “Tolibon” harakati mamlakat tibbiyot muassasalarida ishlaydigan barcha ayollarni o‘z ish joylariga qaytishga chaqirdi. Bu boradagi bayonot harakat vakili Zabihulla Mujohidning Twitter sahifasida e'lon qilindi.
“Afg‘oniston islom amirligi jamoat sog‘lig‘ini saqlash vazirligi barcha ayollarni – ma'muriy markazlar va viloyatlardagi tibbiyot muassasalari xodimlarini o‘z vazifalarini bajarishga chaqiradi. Ularga islom amirligi tomonidan hech qanday to‘sqinlik bo‘lmaydi”, – deyiladi bayonotda.
18 avgust kuni JSST bosh direktori Afg‘onistonda sog‘liqni saqlash xizmatini o‘z faoliyatini davom ettirishga chaqirgandi.
Avvalroq Mujohid kelajakda ayollar o‘zlarining kundalik yumushlariga qaytishlari mumkinligini aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, toliblar ayollarni uyda o‘tirishga va yuzlarini to‘liq yopib yurishga majburlashlari borasidagi xavotirlar asossiz.
U shuningdek, ayollarning omma oldida erkak qarindosh bilan yurishi to‘g‘risidagi talab noto‘g‘ri talqin qilinganini bildirgandi.
“Agar ular maktab, ofis, universitet yoki shifoxonaga boradigan bo‘lsa, yonida mahram bo‘lishi shart emas”, – degandi Mujohid
Mavzuga oid
20:28 / 03.06.2026
O‘zbekistonlik shifokor 5000 kilometr masofadan turib operatsiya o‘tkazdi
09:00 / 03.06.2026
“Tolibon” va Rossiya: harbiy yaqinlashuv nimani anglatadi?
21:38 / 27.05.2026
Rossiya va «Tolibon» harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishdi
21:29 / 21.05.2026