10:11 / 27.08.2021
5373

6 nafar diplomatga favqulodda va muxtor elchi oliy diplomatik martabasi berildi

O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi arafasida prezident farmonlariga muvofiq 6 nafar diplomatga favqulodda va muxtor elchi oliy diplomatik martabasi berildi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar qildi.

Qayd etilishicha, quyidagi xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalar rahbarlariga favqulodda va muxtor elchi oliy diplomatik martabasi berildi:

  • Xitoy Xalq Respublikasidagi elchi Baxtiyor Odilovich Saidov;
  • Turkiya Respublikasidagi elchi Alisher Anvarovich A'zamxo‘jayev;
  • Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi elchi Javlon Abdujalolovich Vahobov;
  • Rossiya Federatsiyasidagi elchi Botirjon Zokirovich Asadov;
  • Koreya Respublikasidagi elchi Vitaliy Vasilevich Fen;
  • Kuvayt Davlatidagi elchi Bahrom Jo‘raboyevich A'loyev.

«O‘zbekiston Respublikasining diplomatiya xodimlari uchun diplomatiya daraja va martabalari belgilash to‘g‘risida»gi qonunga ko‘ra, Favqulodda va Muxtor Elchi unvoni elchilar uchun beriladigan eng yuqori diplomatik martaba hisoblanadi. 

Favqulodda va Muxtor Elchi, Favqulodda va Muxtor Vakil kabi martabalar bir umrga, prezident farmoni asosida beriladi.

Top