08:02 / 28.08.2021
3371

Intellektual mulk huquqlarini buzishda yetkazilgan zarar qanday qoplanishi aniqlashtirildi

Vazirlar Mahkamasining “Intellektual mulk obektlariga bo‘lgan huquqlarni buzish natijasida huquq egalariga yetkazilgan haqiqiy zarar va boy berilgan foydani aniqlash hamda qoplash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.

Nizom bilan quyidagilar nazarda tutilmoqda:

  • intellektual mulk obektlariga bo‘lgan huquqlarni buzish natijasida yetkazilgan zararni aniqlash va baholash ishlarini tashkil etish va amalga oshirish;
  • intellektual mulk obektlariga bo‘lgan huquqlarni buzish natijasida huquqlari buzilgan shaxslarga etkazilgan zararni qoplash.

Loyiha bilan quyidagilar taklif qilinmoqda:

  • yetkazilgan zarar intellektual mulk obekti huquq egasiga tomonlarning o‘zaro kelishuvi asosida, agar bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda tegishli sudlarning qarorlari asosida qoplanadi;
  • qonunchilikka muvofiq intellektual mulk obektlariga bo‘lgan huquqlarni buzish natijasida intellektual mulk obekti huquq egasiga yetkazilgan zararni qoplash ushbu qonunbuzilishlarni sodir etgan shaxslar mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

Top