Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonda noyabr oxirida parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov 28 noyabrda parlament deputatlari saylovi bo‘lib o‘tishi haqidagi farmonni imzoladi.
2021 yilning 27 avgustida Qirg‘iziston Respublikasining prezident va parlament saylovlari haqidagi qonuniga kiritilgan o‘zgartirishlar kuchga kirdi. Qirg‘iziston konstitutsiyasiga ko‘ra, parlament 90 deputatdan iborat bo‘lib, ular 5 yillik muddatga saylanadi.
Yangi o‘zgarishlarga ko‘ra, parlament saylovlari aralash tizim bo‘yicha o‘tkaziladi. Jumladan, 54 deputat yagona saylov okrugi bo‘yicha proporsional tizim asosida, 36 deputat esa bir mandatli saylov okruglarida majoritar tizim bo‘yicha saylanadi.
Qirg‘izistonda joriy chaqiruvdagi parlament deputatlari vakolatlari 2020 yil kuzida tugagan edi. Biroq 2020 yil 4 oktyabrda Jogorku Keneshning yangi tarkibi saylovlaridan keyin o‘tgan ommaviy norozilik namoyishlari saylovlar natijalarining bekor qilinishi hamda mamlakat rahbariyatining almashishiga olib keldi. Mamlakat prezidenti Sooronboy Jeenbekov, bosh vazir Muhammadkaliy Abilgaziyev, parlament spikeri Dostonbek Jumabekov o‘z lavozimlarini tark etishga majbur bo‘lgandilar. Joriy yilning aprelida esa mamlakat konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritilgan va ularda prezident vakolatlarining kengaytirilishi hamda parlament va hukumat huquqlarini qisqartirish ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
19:57 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuzning ortga qaytarilishi sababi ma’lum qilindi
15:28 / 28.05.2026
O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasida yangi post ochildi
20:10 / 25.05.2026