Tokioda yana bir para-dzyudochi sovrindor bo‘ldi, bir yengil atletikachiga bronza uchun 1 sm yetmadi
Para-dzyudochi Sharif Xalilov – Paralimpiya o‘yinlarining ikki karra sovrindori bo‘ldi.

Para dzyudo bo‘yicha erkaklar o‘rtasida -100 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Sharif Xalilov Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlarining bronza medali uchun braziliyalik Antonio da Silvaga qarshi gilamga chiqdi.
Golden score’ga qadar davom etgan bahsda Xalilov «ippon» bahosi bilan raqibini mag‘lubiyatga uchratdi va bronza medalga sazovor bo‘ldi.
Sharif Xalilov 2012 yil Londonda bo‘lib o‘tgan Paralimpiya o‘yinlarida kumush medalga sazovor bo‘lgan edi.
O‘zbekistonlik yana bir dzyudochi, +100 kg vazn toifasi vakili Shirin Sharipov ham bronza uchun kurashga o‘tgandi. Ammo u o‘tish bahsida raqibga nisbatan taqiqlangan harakat ishlatgani uchun diskvalifikatsiyaga uchradi va bronzani Ozarboyjon vakili Ilhom Zakiyev kurashsiz qo‘lga kiritadigan bo‘ldi.
Bugungi bahslarda O‘zbekistonning boshqa vakillari ham muvaffaqiyatsizlikka uchradi: 50 m masofaga erkin usulda suzishda finalga chiqqan Ilhom Aslanov bu safar to‘rtinchi o‘rinni egalladi (u Paralimpiyaning birinchi kunida 100 metrga batterflyay usulida suzishda finalda uchinchi o‘rinni egallab, O‘zbekistonga ilk medalni olib kelgandi), ayollar o‘rtasida uzunlikka sakrash bo‘yicha final bahslarida (T12 klassi) 5,32 m natija bilan to‘rtinchi o‘rinni egalladi (uchinchi o‘rinni egallagan jazoirlik Linda Hamri undan 1 sm yuqoriroq natija qayd etdi), uzunlikka sakrash bo‘yicha finalda (T37 klassi) qatnashgan Sabina Suxanova esa 4,29 m natija bilan beshinchi o‘rinni egalladi.
Endilikda O‘zbekiston 12ta medal (4ta oltin, 4ta kumush va 4ta bronza) bilan umumiy reytingda 13-o‘rinda joy egallab turibdi.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya deyarli barcha demografik statistikani maxfiylashtirdi
Jahon | 23:25 / 05.07.2025
-
O‘zbekiston, Ozarboyjon va Qozog‘iston «yashil energiya» yo‘lagi bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etdi
Iqtisodiyot | 23:07 / 05.07.2025
-
Buyuk Britaniya Suriya bilan diplomatik munosabatlarni tikladi
Jahon | 22:45 / 05.07.2025
-
Toshkentda tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi
Jamiyat | 22:35 / 05.07.2025
Mavzuga oid

16:18 / 30.08.2024
Paralimpiya o‘yinlari. Asila Mirzayorova oltin medalni qo‘lga kiritdi

17:48 / 03.09.2021
Paralimpiya. Safiya Burxonova O‘zbekistonga yettinchi oltin medalni taqdim etdi

17:23 / 02.09.2021
O‘zbekiston Paralimpiyada yana bir oltin medal qo‘lga kiritdi

19:53 / 30.08.2021