09:56 / 30.08.2021
72411

Shavkat Mirziyoyev taqdirlash marosimida birinchi prezidentni yodga oldi

Ayni paytda poytaxtdagi Ko‘ksaroy qarorgohida yuksak davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan vatandoshlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tmoqda. 

Foto: Prezident matbuot xizmati

Kun.uz muxbiri xabariga ko‘ra, tadbirda so‘zga chiqqan davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqini tabrik bilan boshladi:

“Avvalambor, sizlarni buyuk bayramimiz – Mustaqillik kuni bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman. Sizlarni yaxshi kayfiyatda ko‘rib turganimdan xursandman.

Vaqt shiddat bilan o‘tyapti. Mustaqillik onlarida tug‘ilgan farzandlarimiz bugun 30 yoshga kiryapti. Birinchi prezidentimiz tomonidan amalga oshirilgan ulkan ishlar bugun yodimizda turibdi. Biz hech qachon o‘tgan davrdagi ishlarni yomonlamaganmiz, kelgusida ham bunday qilmaymiz. 

Sizlarni mukofotlovchi farmonga imzo chekish juda og‘ir masala. Chunki hamma tavsiya qiladi, lekin mas'uliyat bir odamda. Shu odam xalqni rozi qilish uchun imzo chekadi. Xalqimiz mukofotlanganlarni ko‘rib, “Munosib insonlar taqdirlanibdi” deyishlari lozim.

2020 yil biz uchun katta-katta sinovlar yili bo‘ldi. Ammo matonatli xalqimiz bilan bu sinovlarni yengib o‘tmoqdamiz. Bu sinovlar bizni ko‘p narsaga o‘rgatyapti, kuchli qilyapti”, dedi prezident o‘z so‘zi boshida.

Top