AQSh evakuatsiyani tugatdi. Amerikaliklarning oxirgi samolyoti Afg‘onistonni tark etdi
AQSh Afg‘onistondan o‘z askarlarini olib chiqish ishlarini tugatdi. Bu haqda Pentagonga asoslanib «Reuters» xabar bermoqda. Toshkent vaqti bilan 31 avgustga o‘tar kechasi amerikalik askarlar bo‘lgan oxirgi S-17 harbiy samolyoti Kobul aeroportini tark etdi.
Shu tariqa AQShning Afg‘onistondagi 2001 yil boshlangan harbiy operatsiyasi rasman yakunlandi. Kobul aeroportidan 14 avgustdan buyon 122 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilindi. «Tolibon» 31 avgust Afg‘onistondagi evakuatsiya jarayonlarini tugatish uchun oxirgi kun ekanini ma'lum qilgandi.
Belgilangan vaqt davomida Amerika va ittifoqchilari Afg‘onistondagi operatsiyalar vaqtida ularga yordam bergan tarjimonlar, jurnalistlar va huquq faollarini olib chiqib ketishga harakat qilishdi. Ammo ularning hammasini Afg‘onistondan olib chiqishning imkoni bo‘lmadi.
Shu tariqa Afg‘onistondan dunyoga chiqish mumkin bo‘lgan yagona obekt — Kobul aeroporti ham «Tolibon» nazoratiga o‘tdi. Endi tashkilot mamlakatni tark etmoqchi bo‘lganlarga bunday imkoniyatni beradimi yo‘qmi — noma'lum.
Mavzuga oid
22:51 / 22.11.2024
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
21:25 / 22.11.2024
Rossiya ortidan AQSh ham yadro strategiyasini o‘zgartirdi
13:52 / 22.11.2024
AQSh O‘simliklar karantini agentligiga 205 ming dollarlik uskunalar topshirdi
21:00 / 21.11.2024