BMT xavfsizlik kengashi Afg‘oniston bo‘yicha rezolyutsiya qabul qildi
Xavfsizlik kengashining 13 a'zosi Fransiya, Buyuk Britaniya va AQSh tomonidan ishlab chiqilgan hujjatga ovoz berdi. Rossiya va Xitoy betaraf qoldi.
BMT Xavfsizlik kengashi Fransiya va Buyuk Britaniya bilan hammualliflikda Afg‘oniston bo‘yicha rezolyutsiya qabul qildi. «Tolibon» afg‘onlar va chet el fuqarolarining xavfsiz chiqib ketishini ta'minlashga chaqirildi. Xavfsizlik kengashining 13 a'zosi Fransiya, Buyuk Britaniya va AQSh tomonidan ishlab chiqilgan hujjatga ovoz berdi. Rossiya va Xitoy betaraf qoldi.
Xavfsizlik kengashi yig‘ilishidan atigi bir soat o‘tgach, Qo‘shma Shtatlar Afg‘oniston hududidan qo‘shinlarni olib chiqish, Kobuldan tinch aholini evakuatsiya qilish va o‘zining butun harbiy kampaniyasi yakunlanganini e'lon qildi.
Qarorga ko‘ra, Tolibonga Afg‘oniston hududidan biron-bir mamlakatga tahdid/hujum yoki terrorchilik harakatlari uchun foydalanmaslik, mamlakatda inson huquqlari, ayniqsa ayollar, bolalar va milliy ozchiliklar huquqlari hurmat qilinishini ta'minlash vazifalari yuklandi.
Gumanitar yordam ko‘rsatish bo‘yicha sa'y-harakatlarni kuchaytirish zarurligiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Shu bilan birga, Afg‘onistondagi yordamga muhtoj aholiga ko‘mak ko‘rsatish uchun BMT, uning ixtisoslashgan agentliklari va sheriklarining xavfsiz va to‘siqsiz kirishi ta'minlanishi kerak.
Inklyuziv siyosiy kelishuvga erishish doirasida ayollarning bu jarayonda teng ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.
Hujjatdagi asosiy nuqtalardan biri – «Tolibon»ga afg‘onlarning mamlakatdan chiqib ketish huquqini turli nazorat-o‘tkazish punktlari, shu jumladan, Kobul aeroporti orqali ta'minlashga da'vat etilgan. Endilikda Qo‘shma Shtatlar tomonidan aeroportning nazorat qilinmayotgani sababli bu ayniqsa juda dolzarbligi aytilgan.
AQShning BMTdagi doimiy vakili Linda Tomas-Grinfildning jurnalistlarga bergan intervyusida ta'kidlanishicha, rezolyutsiya ustida ishlanyotganda Moskva va Pekinning xavotirlari hisobga olingan.
Rossiyaning tashkilotdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzyaning ma'lum qilishicha, mualliflar Rossiyaning Afg‘oniston moliyaviy aktivlarini muzlatib qo‘yishning salbiy ta'sirini matnda aks ettirish, shuningdek, «Islomiy davlat» terrorchilik guruhlari faoliyatini qoralash haqidagi taklifini hisobga olmagan.
Nebenzya, shuningdek, rezolyutsiya juda tez qabul qilinganligidan hayron qolganini aytib o‘tgan.
«Biz buni AQSh va uning ittifoqchilarining Afg‘onistondagi 20 yillik mavjudligining muvaffaqiyatsizligi uchun javobgarlikni «Tolibon» harakati va mintaqa davlatlari zimmasiga yuklashga urinish deb bilamiz. Uzoq davom etayotgan kampaniyaning oqibatlari bilan kurashish kerak», – dedi u.
Mavzuga oid
21:30 / 23.11.2024
COP29: Boy davlatlar iqlimni moliyalashtirishni oshirishga rozi bo‘ldi
17:39 / 23.11.2024
2024 yilda gumanitar yordam xodimlari o‘limi bo‘yicha rekord o‘rnatildi – BMT
07:50 / 22.11.2024
BMT RFning Dniproga ballistik raketa zarbasidan xavotirda
15:22 / 21.11.2024