O‘zbekiston | 22:44 / 31.08.2021
11339
2 daqiqa o‘qiladi

Prezident: “Ko‘p yillardan buyon jiddiy muammo bo‘lib kelgan majburiy va bolalar mehnati to‘liq tugatildi”

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi bayram tantanasidagi nutqida mamlakatdagi demokratik yangilanishlar haqida to‘xtaldi.

Foto: Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi

“Demokratiyaning asosiy talabi bo‘lgan inson huquqlari va qonuniy manfaatlarini, so‘z va vijdon erkinligini ta'minlashga alohida e'tibor berilmoqda.

Respublikamizda Inson huquqlari bo‘yicha Milliy strategiya qabul qilindi. Ko‘p yillardan buyon jiddiy muammo bo‘lib kelgan majburiy va bolalar mehnati to‘liq tugatildi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining fuqarolik masalasi bo‘yicha chaqirig‘iga javoban 2020 yilning o‘zida 50 mingdan ortiq yurtdoshimizga O‘zbekiston fuqaroligi berildi.

Ma'lumki, mustaqil va kuch́li sud hokimiyati inson huquqlari, demokratiya va qonuniyliḱni qaror toptirishning asosiy shartidir.

Bu yo‘nalishdagi ustuvor vazifalarǵa doir 40 dan ortiq qonun, farmon va qarorlar qabul qilindi. Hozirgi vaqtda ular asosida jiddiy amaliy ishlar olib borilmoqda.

Ana shunday xayrli ishlarimizning mantiqiy davomi sifatida men kuni kecha Mustaqillik bayrami munosabati bilan yana bir muhim farmonga imzo chekdim.

Ushbu hujjatga muvofiq, ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tayotgan, qilmish́iga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lib, tuzalish yo‘liga qat'iy o‘tgan 215 nafar shaxs afv etilib, o‘z oilasi va yaqinlari bag‘riga qaytish imkoniga ega bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi tarixda ilk bor Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha kengashi a'zoligiga saylandi.

Bu esa ushbu yo‘nalishdagi islohotlarimiz xalqaro hamjamiyat tomonidan e'tirof etilayotganining yaqqol tasdig‘idir”, – dedi davlat rahbari.

Mavzuga oid