Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
So‘nggi 8 oy ichida qasddan badanga yengil shikast yetkazgan 47 nafar fuqaro qamaldi
O‘zbekistonda so‘nggi sakkiz oy ichida qasddan badanga yengil shikast yetkazgan 47 nafar fuqaro qamaldi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Oliy sud axborot xizmati rahbari Aziz Obidov ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, joriy yilning birinchi yarim yilligi davomida mamlakatda jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan qasddan badanga yengil shikast yetkazishda ayblangan 1 686 nafar shaxsga nisbatan 1 508ta jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.
Shundan 714 nafariga nisbatan ayblov hukmi, 4 nafar shaxsga nisbatan oqlov hukmi chiqarilgan. 954 nafar shaxsga taalluqli jinoyat ishlari esa taraflar yarashgani munosabati tugatilgan. 6ta jinoyat ishi bo‘yicha 6 nafar shaxsga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi qo‘llanilgan.
Jazo tayinlab, hukm chiqarilgan 689 nafar shaxsning 107 nafariga jarima, 333 nafariga axloq tuzatish ishlari, 198 nafariga ozodlikni cheklash, 47 nafariga ozodlikdan mahrum qilish va 4 nafariga boshqa jazo turlari tayinlangan.
Mavzuga oid
20:11 / 18.06.2026
Baxtiyor Islomov Oliy sud raisi lavozimidan ozod etiladi
13:30 / 16.06.2026
Toshkentda maktab o‘quvchilari ishtirokidagi jinoiy guruh ushlandi
20:25 / 10.06.2026
Qozog‘istonda jinsiy zo‘ravonlik jinoyatlari tergovi ayol tergovchilarga topshiriladi
19:00 / 19.05.2026