Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy ofisida Ukrainani qayta nomlash taklif etildi
Ukrainaning Donbass bo‘yicha kontakt guruhidagi delegatsiyasining matbuot kotibi va prezident Vladimir Zelenskiy ofisi rahbari maslahatchisi Aleksey Arestovichning ta'kidlashicha, Ukraina davlatini Rus-Ukraina deb qayta nomlash zarur.
“Rus bu bizlar, ruslar rusinlar. Men davlat nomini o‘zgartirib, Rus-Ukraina deb atagan bo‘lar edim. Hozirda biz bu masala ustida ishlamoqdamiz”, deb aytgan Arestovich.
Uning ta'kidlashicha, Rossiyadan “ruslar” brendini tortib olish zarur.
Vladimir Zelenskiy 28 iyuldagi nutqi vaqtida Kiyev Rusi Ukraina tarixining “onasi”, Qrim yarimoroli esa uning “farzandlari” hisoblanishini aytgan. “Ular uning vorislari bo‘lishga haqli. Amakivachchalar va uzoq qarindoshlar esa uning merosiga rahna solmasligi kerak”, deb ta'kidlab o‘tgandi o‘shanda Ukraina rahbari.
Mavzuga oid
20:04
Kiyevga Zelenskiy bilan uchrashuvga borgan rossiyalik tadbirkor Roman Abramovich bo‘lib chiqdi
10:25
Zelenskiyning maktubi: diplomatik qadammi yoki strategik zarbami?
15:21 / 07.06.2026
Ukraina armiyasi Qrimga olib boruvchi trassani o‘lim yo‘liga aylantirdi
10:05 / 07.06.2026