Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShga qariyb 24 ming nafar afg‘onistonlik qochqin olib kelindi
Ma'lumot berilishicha, afg‘onistonlik qochqinlar AQShning yettita harbiy bazasi hamda Fors ko‘rfazi va Yevropadagi shaharlarga joylashtiriladi.
AQShga Kobuldan evakuatsiya qilingan 23 876 nafar Afg‘oniston fuqarosi olib kelindi, deb xabar berdi CBS News.
Bu haqda AQSh davlat departamenti vakili Ned Prays ma'lum qildi.
Praysning so‘zlariga ko‘ra, 17-31 avgust kunlari evakuatsiya qilingan 31 107 nafar kishining 14 foizi AQSh fuqarolari, 9 foizi qonuniy doimiy aholisi, qolgan 77 foizi xatar hududida bo‘lgan afg‘onlar hisoblanadi.
Ma'lumot berilishicha, afg‘onistonlik qochqinlar AQShning yettita harbiy bazasi hamda Fors ko‘rfazi va Yevropadagi shaharlarga joylashtiriladi.
AQSh hukumatining bildirishicha, hozirda Afg‘onistonda 200 nafargacha amerikaliklar qolib ketgan.
Mavzuga oid
17:53
AQSh Davlat kotibi Marko Rubio Markaziy Osiyo mamlakatlariga tashrif buyurmoqchi
10:30
AQSh poytaxtida o‘zbek tadbirkorlari uchun maxsus dastur ishga tushirildi
09:30
Tramp: Netanyahu Eron bo‘yicha har qanday kelishuvni qabul qiladi
08:50