Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2022 yil g‘alla hosili uchun kutilayotgan minimal narx ma'lum qilindi
Jahon bozori hamda mintaqaviy tovar birjalaridagi g‘alla xarid narxlari tahlil qilindi va mahalliy xarajatlarni inobatga olgan holda, kelgusi 2022 yil g‘alla hosili uchun kutilayotgan minimal narxlar ishlab chiqildi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabar bermoqda.
Vazirlik hamda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi 2022 yil kutilayotgan minimal narx 1 tonna g‘alla hosili uchun 2,5 mln so‘m bo‘lishini e'lon qildi.
Bildirilishicha, mazkur minimal narx tavsiyaviy xarakterga ega bo‘lib, g‘alla yetishtiruvchi va uni qabul qiluvchi sub'yektlar shartnomaviy munosabatlar doirasida g‘alla xarid narxlarini o‘zaro manfaatli kelishuv asosida mustaqil ravishda belgilaydi.
“Bozorlardagi narxlardan kelib chiqib, har chorakda kutilayotgan minimal narxga tuzatishlar kiritilib, ommaviy axborot vositalari orqali e'lon qilib boriladi”, deyiladi Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma'lumotida.
Mavzuga oid
21:50 / 24.03.2026
Oltin keskin arzonlashdi. Sabab nima?
18:22 / 21.03.2026
Markaziy bank so‘rovnomasi: o‘zbekistonliklar go‘sht, sut va yonilg‘i narxlari oshishini ko‘proq sezishgan
10:16 / 18.03.2026
Ko‘chmas mulk bozorida faollik oshdi, narxlar mo‘’tadil o‘smoqda
15:36 / 11.12.2025