Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hokimlikka nomzod tuman kengashida eng ko‘p deputatlik o‘rnini egallagan partiya guruhi tomonidan ilgari suriladi - Prezident
O‘zbekistonda tuman, shahar, viloyat vakillik va ijro hokimiyati tizimi qayta ko‘rib chiqiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ma'lum qildi.
“Kelgusida, tuman va shahar kengashlarida kamida 2-3 nafar deputat doimiy asosda ishlaydigan tartib joriy etiladi. Ular muammolarni mahallabay o‘rganib, yechimini kengash muhokamasiga kiritadi.
Tuman va shahar hokimi lavozimiga nomzod tuman kengashida eng ko‘p deputatlik o‘rnini egallagan partiya guruhi tomonidan ilgari suriladi. Bunda, nomzod hududni rivojlantirish bo‘yicha o‘z dasturini xalq vakillari oldida himoya qila olgan taqdirda, hokim lavozimiga tasdiqlanadi.
Bir qator ijtimoiy masalalar, jumladan, ichimlik va oqova suv, ichki yo‘llar, boshqa infratuzilma obektlarining qurilishi, bandlik dasturini tasdiqlash tuman va shahar kengashlari vakolatiga o‘tkaziladi.
Kelgusi yildan 28ta tuman va shaharda eksperiment tariqasida, hududni rivojlantirish va muammolarni hal qilish bo‘yicha hokimliklarning vakolat va imkoniyatlari kengaytiriladi.
Endi har bir hokimlik o‘zining va hududiy ijro idoralarining shtat birligi va tuzilmalarini kengash bilan bamaslahat mustaqil belgilaydi. Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i to‘lig‘icha ushbu tuman va shaharlarda qoldiriladi.
Bundan tashqari, hududiy ijro idoralarining “vakolatlar reyestri” shakllantiriladi, takrorlanadigan 500dan ortiq funksiyalar maqbullashtiriladi”, dedi davlat rahbari.
Mavzuga oid
18:26 / 18.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Yangi taraqqiyot banki bilan hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildi
18:23 / 18.06.2026
Shavkat Mirziyoyev O‘mon bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi
17:52 / 18.06.2026
Shavkat Mirziyoyev YeTTB bilan keng ko‘lamli sheriklikning ustuvor yo‘nalishlarini belgiladi
12:49 / 18.06.2026