Davlat rahbari sönggi yillarda investorlar tomonidan ilgari surilgan taşabbuslar davlat siyosati va qonunçilikda öz aksini topayotganini ta’kidladi.

«Yaqinda Özbekiston Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot taşkilotining Xalqaro investitsiyalar va köp millatli korxonalar töğrisidagi deklaratsiyasiga qöşilişi e’lon qilindi. Uşbu yönalişdagi işlarning mantiqiy davomi sifatida Toşkent xalqaro moliya markazi töğrisidagi Konstitutsiyaviy qonun qabul qilinişi kutilmoqda. Bularning barçasi ğoyalaringiz amaliyotda izçil tatbiq etilayotganining yorqin dalilidir», — dedi prezident.

Ma’lum qilinişiça, ötgan davrda Xorijiy investorlar kengaşi huzuridagi işçi guruhlar tomonidan investorlar uçun 50 dan ortiq uçraşuv va muhokamalar taşkil etildi.

Ularda muqobil investitsiya jamğarmalari, garov qonunçiligi, mas’uliyatli biznes yuritiş, professional kadrlar tayyorlaş, soliq ma’murçiligi, yer ajratiş va energetika sohalaridagi dolzarb masalalar xorijiy investorlar hamraisligida atrofliça körib çiqildi.