Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev O‘mon bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 18 iyun kuni Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan O‘mon Sultonligi iqtisodiyot vaziri Xamis bin Sayf al-Jabriy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuvda tomonlar savdo-iqtisodiy va investitsiya-moliyaviy sohalardagi hamkorlikni jadallashtirish masalalari yuzasidan fikr almashdi.

So‘nggi yillarda aloqalar faollashgani, tovar ayirboshlash hajmi o‘sgani qayd etildi. O‘zbek-O‘mon investitsiya kompaniyasi ishtirokida muhim loyihalar samarali amalga oshirilmoqda. Keyingi oydan poytaxtlarimiz o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi.

Shu yil Masqat shahrida Hukumatlararo qo‘shma komissiyaning navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazishga kelishildi.

Muloqotda transport, logistika, geologiya, elektron tijorat, raqamli infratuzilma va boshqa yo‘nalishlarda istiqbolli loyihalarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.
Mavzuga oid
18:26
Shavkat Mirziyoyev Yangi taraqqiyot banki bilan hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildi
17:52
Shavkat Mirziyoyev YeTTB bilan keng ko‘lamli sheriklikning ustuvor yo‘nalishlarini belgiladi
12:49
Toshkent xalqaro moliya markazi bo‘yicha Konstitutsiyaviy qonun kutilmoqda
12:40