Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toliblar Kobul aeroporti nomini o‘zgartirishdi
“Tolibon” harakati vakillari Kobuldagi Hamid Karzay nomidagi aeroportni qayta nomlab, uning nomlanishidan sobiq prezident ismini olib tashlashdi.
Bundan tashqari, marhum afg‘on qo‘mondoni Ahmad Shoh Mas'ud sharafiga atalgan maydon ham qayta nomlangan.
Avvalroq The Wall Street Journal nashri “Tolibon” Kobul aeroportidan 200 ga yaqin xorijlikka uchib ketishga ruxsat berganini ma'lum qilgan. Ma'lumotlarga ko‘ra, xorijliklarni olib ketish uchun Kobulga Qatar Airways aviakompaniyasining Boing-777 samolyoti kelgan.
Shuningdek, Afg‘onistonda hokimiyat tepasiga toliblar kelgandan beri Kobul aeroportidan birinchi tijorat parvozi amalga oshirilgani ma'lum qilindi. Ma'lumotlarga ko‘ra, ayni vaqtda aeroport fuqaro reyslariga xizmat ko‘rsatishga tayyor.
Hozirda Kobul aeroporti faoliyatini tiklash bilan afg‘on mutaxassislaridan tashqari, Qatar va Turkiyadan kelgan mutaxassislar ham shug‘ullanmoqda. Bundan tashqari, Qatar Afg‘onistonga yuk va yo‘lovchilarni tekshirish uchun kompyuter va skanerlar ajratgan.
Mavzuga oid
09:00 / 03.06.2026
“Tolibon” va Rossiya: harbiy yaqinlashuv nimani anglatadi?
21:38 / 27.05.2026
Rossiya va «Tolibon» harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishdi
21:29 / 21.05.2026
Yevropa “Tolibon”dan nima xohlayapti?
22:54 / 05.03.2026