Jahon | 19:26 / 09.09.2021
11475
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda dunyodagi eng baland bronza haykallardan biri buzib tashlanadi

Balandligi 58 metr bo‘lgan haykal 2016 yilda Hubey provinsiyasida bunyod etilgandi.

Foto: Shutterstock

Xitoyda bundan besh yil avval qurilgan urush ma'budi Guan Yuyning haykali buzib tashlanadi. Bu haqda Newsweek xabar bermoqda.

Balandligi 58 metr bo‘lgan haykal 2016 yilda Hubey provinsiyasida bunyod etilgandi.

Ma'lumot berilishicha, haykalni buzish 24 mln dollarga tushadi.

Jamoatchilik bu xabarni norozilik bilan kutib oldi, chunki haykal qurilishi ham bir necha o‘n million dollarga tushgandi. 

Guan Yuy — Han davrida yashagan afsonaviy sarkarda bo‘lib, 1594 yilda urush ma'budi deb e'lon qilingan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid