AQSh Ashraf G‘aniga nisbatan tergov o‘tkazish masalasini BMT hal qilishi kerakligini aytdi
AQSh Afg‘onistonning sobiq prezidenti, davlat mablag‘larini o‘g‘irlashda gumonlanayotgan Ashraf G‘aniga nisbatan tergov o‘tkazish masalasini hal qilish huquqini BMTga beradi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Jyen Psaki ma'lum qildi.

Foto: Reuters
“Bu masalada biz BMTga ishonamiz. Menda bu borada boshqa izohlar yo‘q”, deb aytgan Psaki. U “AQSh G‘ani Afg‘onistondan pullar o‘g‘irlanishiga aloqadorligi haqidagi xabarlarni tekshirishni rejalashtirayaptimi?” degan savolga shunday javob bergan.
1 sentyabrda Afg‘onistonning Tojikistondagi elchisi Muhammad Zohir Akbar G‘ani 15 avgustda nafaqat o‘z safdoshlarini tashlab mamlakatdan qochib ketgani, balki o‘zi bilan birga budjet pullarini olib ketganini aytgan. Uning ta'kidlashicha, “Tolibon” hukumatdan halol amaldorlarni bo‘shatib, ular o‘rniga tajribasiz odamlarni tayinlagan G‘anining sotqinligi sababli Afg‘onistonda hokimiyatni oson egallab olgan.
Afg‘onistonni tark etgan G‘ani 18 avgustda Facebook’da afg‘on xalqiga murojaat qilib, mamlakatni tashlab ketishining sabablarini tushuntirgan. Uning ta'kidlashicha, u qon to‘kilishini istamagani uchun Kobulni tark etishga majbur bo‘lgan. Shuningdek, u Afg‘onistondan katta miqdorda pul bilan chiqib ketgani haqidagi gaplarga ishonmaslikka chaqirgan.
Tavsiya etamiz
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
Moskvada shaharni bilishini isbotlab bermagan taksichilar jarimaga tortiladi
Jahon | 20:35 / 27.05.2025
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
O‘zbekiston | 17:00 / 27.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“G‘arbiy Sibirni o‘zbeklar boshqargan” – tahlilchilar Rossiyada ko‘tarilgan shov-shuv haqida
Jahon | 22:40
-
Yaponiyada internet tezligi bo‘yicha yangi jahon rekordi o‘rnatildi
Fan-texnika | 22:02
-
Qizaloq va Lucho: bir muhabbat tarixi
Sport | 21:20
-
Shavkat Mirziyoyev Haj ziyoratidagi o‘zbekistonliklardan xabar oldi
O‘zbekiston | 20:31
Mavzuga oid

01:02 / 30.05.2025
To‘qayev Qozog‘iston BMTni isloh qilish tarafdori ekanini ma’lum qildi

13:25 / 29.05.2025
Falastinliklar G‘azodagi BMT omboriga bostirib kirdi

10:48 / 22.05.2025
BMT G‘arbiy sohilda diplomatlarga qarata o‘q uzilganini qoraladi

21:49 / 21.05.2025