Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Estoniya armiyasi qo‘mondoni Rossiya yaqin vaqt ichida hujum qilishi mumkinligini aytdi
Rossiyaning ehtimoliy tahdidi haqida fikr yuritarkan, Martin Herem hujum bo‘lishini istisno qilmaslik va maksimal darajada tayyor turish kerakligini aytdi.
Foto: Siim Lõvi /ERR
Rossiya “yaqin yillar ichida” Estoniyaga hujum qilishi mumkin. Bu haqda Estoniya mudofaa kuchlari qo‘mondoni, general-leytenant Martin Herem ETV telekanali efirida aytdi, deb xabar berdi Postimees.ee.
Rossiyaning ehtimoliy tahdidi haqida fikr yuritarkan, Herem hujum bo‘lishini istisno qilmaslik va maksimal darajada tayyor turish kerakligini aytdi.
“Rossiya tahdid solishini, u hujum qilishini aytyapmiz. Lekin qachon? Shu yilmi, yanagi yildami, uch yil ichidami? Bu yaqin yillar ichida yuz berishi mumkinligini anglashimiz lozim”, – dedi u.
U Rossiya hujumini qanday tasavvur qilishi to‘g‘risidagi savolga ko‘p rejali deb javob qaytardi.
“Rossiyaning maqsadi bizni bosib olish emas, u okkupatsiya orqali nazorat qilishni xohlamaydi, unga beqarorlik va ana shu beqarorlik orqali ta'sir ko‘rsatish mos keladi”, – dedi estoniyalik general.
“Buning uchun Tallinni bosib olish shart emas. Harbiy kuchlar yordamida qisqagina, cheklangan hujumni amalga oshirish yetarli”, – dedi Herem.
Uning fikricha, bu Ukraina sharqidagi nizoni eslatishi mumkin.
Avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya bilan urush ehtimoli mavjudligini aytgandi.
Mavzuga oid
15:44
YeI kengashi Rossiyaga qarshi 20-sanksiyalar paketini qabul qila olmadi
10:51
AQSh va RF Jyenevada yadroviy qurollar bo‘yicha shartnomani muhokama qildi
22:55 / 23.02.2026
Ukrainadagi urushning 4 yili - suratlarda
12:48 / 23.02.2026