“Fikrimça, bölişi mumkin. Bu yuz berişi mumkin bölgan eng qörqinçli narsadir. Biroq afsuski, buning ehtimoli mavjud”, deb javob qilgan “Rossiya bilan tölaqonli uruş xavfi bormi?” degan savolga Zelenskiy.
Uning fikriça, 2014 yilda Moskva “bu yönalişda oldinga bir qadam taşlagan”, biroq ukrainaliklar “ortga bir qadam taşlab”, vaziyatning nomaqbul köriniş olişini töxtatib qolişgan. Siyosatçining ta'kidlaşiça, agar Rossiya tomonidan uruşga yöl qöyilsa, unda “Rossiya, Ukraina va Belarus qöşniçiligi boşqa heç qaçon bölmaydi”.
Zelenskiyning aytişiça, uning AQŞ prezidenti Jo Bayden bilan uçraşuvida xavfsizlik masalasiga köp e'tibor qaratildi. Uning ta'kidlaşiça, Bayden Rossiya tomonidan Ukrainaga tahdid mavjudligini tuşunadi va Kiyevning flot hamda havo hujumiga qarşi mudofaa tizimini kuçaytiriş böyiça taklifini qöllab-quvvatlaydi.
Ukraina rahbari forumda rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan uçraşişi ehtimoli borasida ham töxtatilib ötdi.
“Uning davlati va u xafa bölmasin. Meni u (Putin) ba'zi davlatlar rahbarlari bilan amalga oşiradigandek şunçaki rasmiy uçraşuv emas, balki haqiqiy amaliy uçraşuv köproq qiziqtiradi”, deb aytgan Zelenskiy.
Uning ta'kidlaşiça, Kiyev bunday uçraşuvni taşkillaştiriş ustida iş olib bormoqda, biroq uning ötkazilişi Rossiyaga boğliq.
“Hammasi ham istaganimdek jadal bormayapti va fikrimça, Rossiya bugun buni istamayapti. Ularni (Rossiya) hududlarimizni okkupatsiyadan çiqariş borasida gaplaşişga qanday majbur qila olişim bu mening içki muammolarimdir. Tahdid qiliş, baqir-çaqir bilan heç narsaga erişa olmaymiz. Uçraşuv bölişi lozim. Biz mustaqil davlatmiz, biroq ba'zi masalalarda ularga bu siyosatni ötkaza oladigan darajada hali unçalik kuçli emasmiz”, deb ta'kidlab ötgan Ukraina rahbari.
Ukraina prezidenti matbuot kotibi Yuliya Mendel aprelda Kiyev Donbassga hujum qilişni rejalaştirmayotganini aytgan. “Ukraina öz hududiga hujum qila olmaydi va öz fuqarolari bilan uruş qila olmaydi”, deb aytgan Mendel. Keyinroq Zelenskiy ofisi rahbari maslahatçisi Aleksey Arestoviç Ukraina Rossiya hujumiga javoban, Kiyevda boşqa tanlov qolmagandagina Donbassda hujumga ötişi mumkinligini aytgan.
Öz navbatida Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina bilan Donbassda uruşga kirişişdan qoçiş lozim deb hisoblaşini aytgan. “Agar bu bizga va ayirmaçilarga boğliq bölsa, unda uruşdan qoçiş mumkin va zarur”, deb aytgan Rossiya vakili.












