Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prokuratura Andijon shahri markazidagi kafe-kabobxona qurilishi bo‘yicha tekshiruv boshladi
Andijon shahri Mashrab ko‘chasida tadbirkor hujjatsiz qurilish qilayotgan bo‘lishi mumkinligi, bu esa mahalliy aholi noroziligiga sabab bo‘layotgani haqidagi Kun.uz maqolasidan so‘ng, viloyat prokuraturasi holat bo‘yicha o‘rganish ishlari boshlanganini ma'lum qildi.
Andijon shahar Mashrab ko‘chasi 44-uyda yashovchi fuqarolar uylarining ro‘parasiga tadbirkor tomonidan kafe qurilayotganidan norozi. Kun.uz 10 sentyabr kuni shu masalada maqola e'lon qildi.
Maqolada aytilganidek, tadbirkor qurilishni hech bir hujjatsiz boshlagan bo‘lishi ehtimolini soqit qilib bo‘lmaydi: shahar hokimligi vakili va tadbirkor qurilishni boshlash uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni taqdim qilmayapti.
Bugun, 11 sentyabr kuni Andijon viloyat prokuraturasi mazkur maqolada ko‘rsatilgan holat nazoratga olingani va Andijon shahar prokuraturasi tomonidan o‘rganish ishlari boshlanganini ma'lum qildi.
“O‘rganish ishlari natijasi bo‘yicha keyingi haftada to‘liq axborot beriladi”, deya izoh berdi viloyat prokuraturasi rasmiysi Kun.uz muxbiriga.
Mavzuga oid
12:09 / 20.05.2026
Andijonda 5 mlrd so‘mlik soxta dori mahsulotlari aniqlandi
17:06 / 21.04.2026
O‘zbekistonda chet elliklarga auksion orqali yer ijara huquqini sotish to‘xtatiladi
08:40 / 13.03.2026
Tilla va platina bilan bog‘liq qonunbuzilish holatlari aniqlandi
18:01 / 25.12.2025