Murojaatçilarga köra, u yerda tadbirkor kafe – kabobxona qurmoqda.

“Mazkur umumiy ovqatlaniş va köngiloçar maskanni qurayotgan tadbirkorga yer maydoni Andijon şahar hokimligi tomonidan Özbekiston Respublikasi prezidentining PQ-4427-sonli qarori va PF-6243-sonli farmoniga zid ravişda berilgan. Bundan taşqari atrofda yaşovçi aholi vakillari, dökon egalari ogohlantirilmagan, ularning roziligi olinmagan”, – deyiladi murojaatda.

Kun.uz ijodiy guruhi Maşrab köçasida bölib, muammo böyiça aholi bilan uçraşdi va Andijon şahar hokimligi mutasaddisidan izoh söradi.

Avazbek Abduqodirov – 44-köpqavatli uy ostidagi 17 ta dökonlar egasi. U muammo haqida quyidagi gaplarni aytdi.

“Dökonlarimizni tösib qolyapti, tepadagi 2–3-qavatdagi mulkdorlardan heç qanday roziliksiz quriliş boşlangan. Hujjat sörasak, hujjatsiz quriliş qilişyapti. Farmoyişi ham, qarori ham yöq.

Biz 2017 yilda, viloyatimiz hokimi Şuhratbek Abdurahmonov kelganida mana bu “ogorod”larni kiçraytirib, atrofiga bordyurlar quydirib, tozalatib, obod qildirgan edi. Faqat maydonning mana şu bir qismi qarovsiz bölib qolganida bizning ozgina aybimiz bor.

Avazbek Abduqodirov

Bizga heç qanday kafe kerakmas, çunki bu yerdagi 17 ta dökonning oldini tösib qolyapti. 44-uyning 2-, 3- va 4-qavatlardagi mulkdorlari ham norozi. Birortasining roziligi olinmagan. Çunki kafe işga tuşsa, oqşomlari şovqin bölib ketadi. Yana şaşlikxona işga tuşgaç, dökonlarimiz oldidagi avtoturargoh yöq bölib qolyapti. Muammoga huquqiy baho berilişiga yordam bersangizlar.