O‘zbekiston | 10:11 / 12.09.2021
14061
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus: Kunlik holatlar 600dan kamaydi

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda O‘zbekistonda 594 kishida koronavirus, 122 kishida pnevmoniya aniqlanib, ikki kasallikdan jami 6 bemor vafot etgani to‘g‘risida xabar berdi.

«2021 yil 11 sentabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 164364 (+594) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi SSV xabarida.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 68 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 19 nafari Andijon viloyatida,
  • 14 nafari Buxoro viloyatida,
  • 13 nafari Jizzax viloyatida,
  • 8 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 9 nafari Navoiy viloyatida,
  • 20 nafari Namangan viloyatida,
  • 73 nafari Samarqand viloyatida,
  • 12 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 19 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 57 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 16 nafari Xorazm viloyatida,
  • 85 nafari Toshkent viloyatida,
  • 181 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 73 nafar,
  • Buxoro viloyatida 11 nafar,
  • Jizzax viloyatida 25 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 10 nafar,
  • Navoiy viloyatida 16 nafar,
  • Namangan viloyatida 23 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 20 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 70 nafar, 
  • Xorazm viloyatida 22 nafar,
  • Toshkent viloyatida 98 nafar,
  • Toshkent shahrida 217 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 156495 (+585) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

SSV so‘nggi bir kunda koronavirusga chalingan bemorlarning yana 5 nafari vafot etgani haqida xabar berdi, pandemiya boshidan buyon rasmiy statistika bo‘yicha koronavirus tufayli qayd etilgan o‘lim holatlari soni 1153 nafarni tashkil qilmoqda.

11 sentabr kuni 122 kishida pnevmoniya aniqlanib, jami holatlar soni 25382taga yetdi. Kecha bemorlarning 284 nafari sog‘ayib, umumiy sog‘ayganlar soni 19575 nafarni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, 1 bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 204 nafarga yetdi.

Mavzuga oid