Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT oliy komissari “Tolibon” o‘z va'dalariga amal qilmaganini aytdi
BMTning inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Mishel Bachelet “Tolibon” bergan ba'zi, jumladan ayollar borasidagi va'dalariga amal qilmaganini aytdi.
Uning ta'kidlashicha, Afg‘oniston toliblar hokimiyatni egallab olgandan keyin “yangi va xafvli bosqichda” va mamlakatdagi ko‘plab ayollar hamda milliy hamda diniy jamoalar vakillari bundan juda xavotirlanmoqda.
Bachelet toliblar shakllantirgan yangi hukumatda ayollar yo‘qligidan va unda mahalliy pushtunlar ko‘pchilikni tashkil qilishidan xavotir bildirgan.
“Tolibon” ayollarni himoyalashga bergan va'dalariga qaramay, buning o‘rniga oxirgi 3 hafta davomida Afg‘onistonda ayollar ijtimoiy sohadan birin-ketin istisno qilinmoqda”, deb aytgan BMT vakili Afg‘onistonga yordam ko‘rsatish bo‘yicha xalqaro anjumanda.
Bacheletning aytishicha, Afg‘onistonning ba'zi joylarida 12 yoshdan katta qizlarga maktablarga borish taqiqlangan, ayollarga esa uylarida qolish buyurilgan.
U, shuningdek, toliblarni avvalgi hukumatga aloqador sobiq davlat xizmatchilari va xavfsizlik xizmati xodimlarini afv etish borasidagi va'dalarini bajarmaganlikda aybladi.
Oliy komissar BMT AQSh kompaniyalari va xavfsizlik kuchlari bilan birga ishlagan afg‘onlar uylari tintuv qilingani haqida xabarlar olgani, xalqaro tashkilotning ba'zi xodimlari esa o‘zlariga nisbatan tahdidlar va ta'qiblar ko‘payganini ma'lum qilishayotganini, sobiq afg‘on harbiylari o‘ch olish maqsadida o‘ldirilgani haqida “ishonishga loyiq ma'lumotlar” olinganini aytgan.
Shu munosabat bilan, Bachelet Afg‘onistonda inson huquqlariga amal qilinishini nazorat qiluvchi mexanizmni tashkil etishga chaqirgan.
“Men kengashga ushbu inqirozning jiddiyligiga monand ravishda dadil va jur'atli harakatlar amalga oshirish kerakligi chaqirig‘i bilan yana bir bor murojaat qilaman”, deb o‘z so‘zlarini yakunlagan BMT vakili.
Avvalroq BMTning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Debora Layons toliblarni tashkilotning afg‘on xodimlarini ta'qib qilishda va qo‘rqitishda ayblagan.
Mavzuga oid
08:10 / 06.06.2026
Ukraina BMT Xavfsizlik kengashini favqulodda yig‘ilishga chaqirdi
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
09:00 / 03.06.2026
“Tolibon” va Rossiya: harbiy yaqinlashuv nimani anglatadi?
08:54 / 03.06.2026