Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Talabalar vaqtincha yashab turgan manzilidagi saylov uchastkasida ovoz berishi mumkin - MSK
Doimiy yashash hududidan olisda tahsil olayotgan talabalar saylovda ovoz berish uchun doimiy yashash joyidagi saylov uchastkasiga borishi shart emas.
Markaziy saylov komissiyasi tomonidan joriy yil 24 oktyabrda bo‘lib o‘tadigan prezident saylovida ishtirok etish uchun talabalarga qo‘shimcha imkoniyat yaratildi.
Unga ko‘ra, talabalar o‘z saylov uchastkasini o‘zgartirib, vaqtincha yashab turgan manzilidagi saylov uchastkasida ovoz berishi mumkin.
Bunda masalan, Toshkent shahrida tahsil olayotgan samarqandlik talaba saylov uchastkasini o‘zgartirish haqida onlayn ariza yuborib, Toshkent shahrida saylovda qatnasha oladi.
Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati rahbari Jaloliddin Usmonovning Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, bu jarayonda talabalar o‘zining vaqtincha yashab turgan joyida (TTJ, xonadon) hisobga olingan bo‘lishi kerak.
Mavzuga oid
20:59 / 22.08.2025
Oliygoh va litseylarda darslar qachon boshlanishi ma’lum qilindi
18:37 / 17.11.2024
Hududlardan saylangan senatorlar e’lon qilindi
15:54 / 19.08.2024
“Aralash tizim partiyalarni faollashtirishidan umidvormiz” - MSK vakili
15:47 / 26.03.2024