Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya Google’ga 177 mln dollar jarima soldi
Janubiya Koreya antimonopol tashkiloti AQShning Google kompaniyasini mobil operatsion tizimlar va dasturlar bozoridagi yetakchiligini suiiste'mol qilgani uchun 207,4 mlrd von (176,8 mln dollar) miqdorida jarimaga tortdi. Bu haqda Yonhap axborot agentligi xabar berdi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Google smartfonlar ishlab chiqaruvchi kompaniyalardan o‘z qurilmalariga Android operatsion tizimining modifikatsiya qilingan versiyalarini o‘rnatishni taqiqlovchi kelishuv tuzishni talab qilib, raqobatchilikka to‘sqinlik qilgan. Bu esa smartfonlar uchun yangi operatsion tizimlarni yaratishdagi innovatsion faoliyatni yuritishga to‘sqinlik qilgan.
Google’ga jarimadan tashqari, kamchiliklarni to‘g‘rilash, jumladan smartfonlar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar bilan kelishuvlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritish majburiyati qo‘yilgan. Ta'kidlanishicha, ushbu choralar “mobil operatsion tizimlar va dasturlar bozoridagi raqobatni tiklashga zamin yaratishda yordam beradi”.
Avvalroq Fransiya Google’ga 500 mln yevro jarima solgandi. AQSh kompaniyasi Fransiya mutasaddi idoralarining matbuot kontentidan foydalanish borasidagi talabini bajarmagani uchun jazolangan.
Mavzuga oid
08:15 / 04.06.2026
Google xavfli kasalliklarga qarshi chivinlar yordamida kurashmoqchi
08:46 / 02.06.2026
YeI Google va Microsoft uchun davlat tenderlarini cheklashi mumkin
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
18:27 / 08.05.2026