Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda Yoshlar ishlari agentligi boshqarmasi tan olmagan pulni viloyat hokimligi to‘lab beradigan bo‘ldi
Qashqadaryoda Yoshlar ishlari agentligi boshqarmasi rahbari o‘zaro shartnoma yo‘qligini aytib tan olmagan pulni mahalliy budjet hisobidan viloyat hokimligi to‘lab beradigan bo‘ldi. Bu haqda hokimlik axborot xizmati xabar bermoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi shahrida faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkor 2020 yil dekabr oyida viloyatda yoshlar festivali o‘tkazilganida uning qatnashchilariga ikki marta tushlik qilib berib, 20 million so‘m pulini hanuzgacha ololmay yurgani haqida xabarlar tarqaldi. Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Temurbek Poyonov tadbirkor murojaati bo‘yicha munosabat bildirdi va oshxona egasida shartnoma yo‘qligini, shu sababli pullarni to‘lab bera olmasligini ma'lum qildi.
Bugun, 14 sentabr kuni viloyat hokimi Zoyir Mirzayev tadbirkor bilan uchrashib, mas'ullar ishtirokida masalani muhokama qilgan. Aniqlanishicha, tadbir ishtirokchilarini ovqatlantirish uchun 20 million so‘mga yaqin 2 kunlik tushlik puli hujjatlardagi xatoliklar sabab tadbirkorga to‘lab berilmagan.
Zoyir Mirzayev tadbirkorga mablag‘ mahalliy budjet hisobidan to‘lab berilishini ma'lum qilgan va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan rahbarlarni kechirishini so‘ragan. Shuningdek, bundan buyon hech kim bilan shartnomasiz ishlamaslikni maslahat bergan.
«O‘zimga kelib uchrashmaysizmi? Yoki onlayn botimga yozsangiz ham e'tibordan chetda qoldirmaslikka harakat qilardim. Kecha ushbu xabarni eshitiboq, yordamchimga sizni topib, qabulimga olib kelishlarini aytdim. Kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan rahbarlarni bir martaga kechirasiz, mablag‘ni shu haftaning o‘zida mahalliy budjetdan o‘zim to‘lab beraman. Endi bu ish sizga ham saboq bo‘lsin, shartnomasiz ishlamang», degan viloyat hokimi.
Mavzuga oid
15:11 / 18.03.2026
O‘zbekiston tajribasi asosida Pokistonda paxtachilik klasterlari joriy etiladi
20:48 / 24.11.2025
Zoyir Mirzayev ayollarning tandirda non yopmay qo‘yganini tanqid qildi
19:43 / 07.10.2025
“Bizni Xudo asradi” - Zoyir Mirzayev bog‘chalardagi zaharlanish haqida
08:50 / 01.09.2025