Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda tadbirkor festivalda yoshlarga berilgan tushlik pulini ololmayotganini aytmoqda. Mutasaddi shartnoma yo‘qligini ro‘kach qilyapti
Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi shahrida faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkor 2020 yil dekabr oyida viloyatda yoshlar festivali o‘tkazilganida uning qatnashchilariga ikki marta tushlik qilib berib, 20 million so‘m pulini hanuzgacha ololmay yurganini ma'lum qilgan. Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Temur Poyonov tadbirkor murojaati bo‘yicha munosabat bildirdi.
Munosabatda ma'lum qilinishicha, Yoshlar ishlari bo‘yicha agentlikning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi rahbari Temur Poyonov 2020 yil dekabr oyida yoshlar festivali o‘tkazilgan paytda mazkur boshqarmada boshliq o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. Unda davlat xaridlari va shartnomalar imzolash bo‘yicha hech qanday huquqiy vakolat bo‘lmagan. Temur Poyonov mart oyida boshqarma boshlig‘i etib tayinlangan.
Qayd etilishicha, mahalliy hokimliklar va ularga tegishli boshqarmalarning har qanday savdosi ochiq auksion birjalari orqali amalga oshirilishi va har qanday davlat mablag‘laridan foydalanish tartibi tegishli nizomda aniq batafsil keltirib o‘tilgan.
Temur Poyonovning yozishicha, unga hech bir tadbirkor qarzdorlik masalasida murojaat qilmagan. U bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda chiqqan postlar va blogerlar orqali xabar topgan. Shundan so‘ng u qarzdorlikni aniqlash uchun oshxonaga borganida ularda boshqarma bilan o‘zaro shartnoma yo‘qligi ma'lum bo‘lgan.
«Men shaxsan o‘zim borib, o‘sha choyxonaga mavjud qarzdorlik bor ekan, o‘shani o‘tkazib beramiz, mendan oldingi davrda bo‘lsa-da, men sizga yordam beraman, deb borganman. Korxona oshpazi ushbu holatni tasdiqlaydi. Afsuski, 2020 yilning dekabr oyidagi festival mablag‘larini to‘lab berish yuzasidan tadbirkor va tashkilot o‘rtasida hech qanaqa shartnoma imzolanmagan. Vaholanki, bu davlat mablag‘lari, mening shaxsiy mablag‘im emas. Uning qonuniy sarflanishi yuzasidan Davlat nazorat va taftish boshqarmasi hamda Prokuratura organlari vakolatli yuridik shaxs ekanligini eslatib o‘taman. Tadbirkor tomonidan asoslantirilgan hujjatlar agentlikka taqdim etilsa, mablag‘lar qonuniy to‘lab berilishini ma'lum qilaman», deydi Temur Poyonov o‘z munosabatida.
Mavzuga oid
22:01 / 13.06.2026
Qashqadaryoda qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olish holatlari fosh etildi
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
08:29 / 26.05.2026