Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy Koreyada noma'lum turdagi raketa poyezd vagonidan otildi (video)
Shimoliy koreyalik harbiylar 15 sentyabrda poyezd vagonidan raketa otishdi. Ushbu jarayon videoda muhrlandi.
Ma'lum qilinishicha, Shimoliy Koreyada yaqinda tashkil etilgan tezkor javob berish polki raketa sinovini o‘tkazgan.
Rolikda poyezd vagoni usti ochilib, undan raketa ko‘tarilayotgani, so‘ngra u o‘z ortidan ko‘p miqdorda tutun qoldirib uchirilgani tasvirlangan.
Raketa qanday turda bo‘lgani noma'lum.
Ma'lumotlarga ko‘ra, sinovlar Shimoliy Koreyaning markaziy qismidagi tog‘li hududda o‘tgan. Raketa 800 km uzoqlikda Yapon dengizida joylashgan mo‘ljalni nishonga olgan.
Ayni vaqtda ushbu sinovlar vaqtida Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In ishtirok etgani yoki yo‘qligi noma'lum. Yaponiya mudofaa vazirligi Pxenyanning ushbu harakatlari “xalqaro hamjamiyat, jumladan Yaponiya uchun jiddiy muammo” ekanini aytgan.
Avvalroq, 13 sentyabrda Shimoliy Koreya uzoq masofaga mo‘ljallangan yangi qanotli raketalar sinovini o‘tkazgani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
08:36 / 02.07.2026
Rossiyaning dron va raketa hujumlari iyun oyida qisqardi
10:35 / 22.06.2026
Ukraina Germaniya ishlab chiqarayotgan 600 ta raketaga buyurtma berdi
08:48 / 20.06.2026
Dunyo kosmodromlari xaritasi: kim eng ko‘p raketa uchirmoqda?
09:03 / 27.05.2026