«Ayrim saylov uchastkalarida saylovchilarning elektron hisobini yurituvchi texnologiyalar sinovdan o‘tkaziladi» - MSK
17 sentabr kuni MSKning navbatdagi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Kun.uz muxbiriga ko‘ra, unda Markaziy saylov komissiyasi a'zolari majlisi qarori bilan prezidentlikka nomzodlarning saylovoldi tashviqoti 2021 yil 20 sentyabrdan boshlanishi ma'lum qilingan.
Tadbirda jurnalist Gruziya Respublikasida o‘tadigan saylovlarda har bir okrug bo‘yicha natijalar elektron tarzda saylov komissiyasi saytida joylashtirilishi va shu tartibni O‘zbekistonda ham joriy qilish borasida savol berdi.
«Gruziyadagi saylovlar vaqtida nomzodning har bir hudud bo‘yicha qancha ovoz olgani hamda saylovda qancha saylovchi ishtirok etganini elektron tabloda ko‘rish mumkin.
O‘zbekistonda 10 ming 760 ta uchastka saylov komissiyasi tashkil etilgan. Agar bizda ham har bir saylovchining elektron hisobini yuritadigan qurilmalar o‘rnatilsa, natijalarni yagona tabloda chiqarib qo‘yishimiz mumkin.
Biz 2009 yilda sinov tarzida 60 ta saylov uchastkasida shu kabi qurilmalarni o‘rnatdik. Joriy yilda ham shu kabi qurilmalarni o‘rnatish masalasi turibdi. Bunda har bir tumandagi bittadan saylov uchastkasida 2 tadan kuzatuv kamerasi o‘rnatiladi.
Bu amaliyot o‘zini oqlasa va mamlakat iqtisodi ko‘tarsa, saylovchilarning elektron hisobi yuritiladi. Markaziy saylov komissiyasi bu amaliyotning ijobiy va salbiy jihatlarni o‘rganib chiqamiz», – dedi MSK kotibi Xudoyor Mamatov.
Tavsiya etamiz
“Chorsu” mehmonxonasini buzish boshlandi. Bunga qancha vaqt ketadi?
O‘zbekiston | 19:03 / 18.01.2025
“Gullayotgan” avtofiribgarlik, sohadagi kuchli proteksionizm oqibati – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 09:58 / 18.01.2025
Ijtimoiy kartalarni tarqatish boshlandi. U qanaqa karta va kimlarga beriladi?
O‘zbekiston | 23:36 / 17.01.2025
Isroil HAMAS bilan kelishuv matnini e’lon qildi
Jahon | 22:06 / 17.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyada yashash uchun ruxsatnoma olganlarning haydovchilik guvohnomalari 1 yil amal qiladi
Jahon | 18:37
-
Britaniyada kayfiyatni yaxshilashga yordam beradigan miya implantati yaratildi
Fan-texnika | 18:29
-
Bandlik vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
O‘zbekiston | 18:24
-
Ochiqlik talablarini bajarmagani uchun 2024 yilda 5 nafar mansabdor jarimaga tortildi
O‘zbekiston | 18:17
Mavzuga oid
18:37 / 17.11.2024
Hududlardan saylangan senatorlar e’lon qilindi
15:54 / 19.08.2024
“Aralash tizim partiyalarni faollashtirishidan umidvormiz” - MSK vakili
15:47 / 26.03.2024
Gurjistonda hukmron partiya MSK ustidan nazoratni qo‘lga kiritdi
13:17 / 20.06.2023