O‘zbekiston | 08:30 / 17.09.2021
4211
1 daqiqa o‘qiladi

Cuv omborlari to‘g‘onlarida texnik tekshiruvlar yiliga ikki marta o‘tkaziladi 

Cuv omborlari to‘g‘onlari va gidroelektr stansiyalarida instrumental texnik tekshiruvlar yiliga ikki marta o‘tkaziladi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma'lum qilindi. 

Foto: KUN.UZ

“O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta'minlash to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, bino va inshootlarning seysmik mustahkamligi bo‘yicha tekshiruv va monitoringni o‘tkazishning quyidagi tartibi o‘rnatilmoqda:

  • I–IV toifa obektlari har besh yilda seysmik mustahkamlik bo‘yicha vizual tekshiruvdan o‘tkaziladi;
  • III–IV toifa obektlari har o‘n yilda seysmik mustahkamlik bo‘yicha instrumental texnik tekshiruvdan o‘tkaziladi;
  • suv omborlari to‘g‘onlari va gidroelektr stansiyalarida instrumental texnik tekshiruvlar yiliga ikki marta o‘tkaziladi;
  • har bir kuchli zilziladan so‘ng (5,0 magnitudali) suv omborlari to‘g‘onlarida zudlik bilan instrumental texnik tekshiruvlar o‘tkaziladi
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid