O‘zbekiston | 08:34 / 17.09.2021
1431
2 daqiqa o‘qiladi

Karmanada bir oyda 108 mln so‘mlik tabiiy gaz noqonuniy sarf qilingan

Navoiy viloyatining Karmana tumanida avgust oyida 125 596 metr kub tabiiy gaz noqonuniy sarf qilingan va bundan ta'minot korxonasi 108 mln so‘m moddiy zarar ko‘rgan. Bu haqda “Hududgaz Navoiy” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati xabar bermoqda.  

Ma'lum qilinishicha, “Hududgaztaʼminot” AJ va “Hududgaz Navoiy” gaz ta'minoti filialining tegishli bo‘limlari mas'ul xodimlaridan iborat ishchi guruh joriy yilning avgust oyida Karmana tumanida iste'molchilarning tabiiy gazdan oqilona foydalanishini nazorat qilish bo‘yicha reyd tadbirlarini o‘tkazishgan. O‘rganishlar davomida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq 13 ta holat aniqlangan. 

Xususan, tumanda faoliyat olib borayotgan ayrim oshxonalar, novvoyxonalar, tuz ishlab chiqarish korxonasi, mehmonxona va to‘yxonada tabiiy gazdan foydalanish uchun ta'minot korxonasi bilan hech qanday shartnoma tuzmaslik, modem uskunasi o‘rnatmaslik, loyiha hujjatlarisiz tabiiy gazdan foydalanish, gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanish, loyihadan tashqari gaz jihozlaridan foydalanish kabi holatlarga yo‘l qo‘yilgan.

Qayd etilgan mazkur holatlar bo‘yicha materiallar huquqni muhofaza qilish idoralariga topshirilgan.

Oldinroq Navoiydagi ohak sexida 130 mln so‘mlik tabiiy gaz noqonuniy ishlatilganligi aniqlangandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid