Navoiyda 3 nafar yigit Zarafşon daryosiga çökib ketib, vafot etdi. Navoiy viloyati FVB matbuot xizmati holatni Kun.uz’ga tasdiqladi.

Ma’lum qilinişiça, Karmana tumani Katta maçit mahallasida yaşovçi 4 nafar yigit 8 iyul kuni tuş payti Zarafşon daryosiga çömilişga borgan. Ulardan 3 nafari çömiliş vaqtida suvga çökib ketgan.

“Buxoro va Navoiy viloyati FVB qutqaruvçilari, maxsus texnikalar va motorli rezina qayiq jalb etilgan holda qidiruv-qutqaruv işlari olib borildi. 10 iyul kuni 3 nafar voyaga yetmagan ösmirning jasadi hodisa sodir bölgan joydan turli masofalarda topildi”, deyiladi boşqarma ma’lumotida.

Kun.uz manbasiga köra, vafot etganlar 2008 yilda tuğilgan J.S., 2012 yilda tuğilgan J.S. hamda 2010 yilda tuğilgan O.T. bölgan. Ularning ikkisi aka-uka ekani aytilmoqda.

Avvalroq Navoiy viloyatining Navbahor tumanida 15 yoşli ikki ösmir kanalga çömilişga borib, tok urişi oqibatida vafot etgandi.