Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Pokiston bosh vaziri bilan mintaqadagi vaziyatni muhokama qildi
16 sentabr kuni Dushanbe shahrida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pokiston bosh vaziri Imron Xon bilan muzokara o‘tkazdi.
Ikki mamlakat yetakchilarining joriy yil iyul oyida Toshkent shahrida o‘tgan sammitida O‘zbekiston va Pokistonning ko‘p qirrali hamkorligini rivojlantirish bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Shu yil boshidan ikki tomonlama tovar ayirboshlash 2,5 barobar ortgani, 30 dan ortiq yangi qo‘shma korxona tashkil etilgani ta'kidlandi. Toshkent va Lahor shaharlari o‘rtasidagi aviaqatnovlar tiklandi.
Samarali ishbilarmonlik almashinuvlarini kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlarni shakllantirish borasida birgalikdagi ishlarni davom ettirish muhim ekani ta'kidlandi. Eng avvalo, preferensial savdo to‘g‘risidagi shartnomani tez fursatda qabul qilish, tranzit va savdo munosabatlari to‘g‘risidagi bitim qoidalarini bajarish, qabul qilingan “yo‘l xarita”siga muvofiq iqtisodiyotning turli tarmoqlarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish shular jumlasidan.
Uchrashuvda Afg‘onistonda vujudga kelayotgan holatdan kelib chiqib mintaqadagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi. Mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlash masalalarida yaqindan hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.
Mavzuga oid
08:49 / 18.06.2026
Pokiston: Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini zudlik bilan ochadi
09:05 / 13.06.2026
Pokiston: AQSh va Eron kelishuv matni bo‘yicha kelishib oldi
17:54 / 10.06.2026
Pokiston Afg‘oniston bo‘ylab havo zarbalari berdi: 26 kishi halok bo‘lgan
17:36 / 25.05.2026