20:04 / 18.09.2021
10108

Bloomberg dunyoning eng boy oilalari reytingini e'lon qildi

Walton Enterprises egalarining boyligi 238,2 mlrd dollar deb baholanmoqda. 

Bloomberg dunyoning eng boy oilalari reytingini e'lon qildi. Butun dunyo bo‘yicha 10 mingdan ortiq Walmart do‘konlariga ega Uoltonlar jahondagi eng badavlat oila deb topildi.

Walton Enterprises egalarining boyligi 238,2 mlrd dollar deb baholanmoqda.

Ulardan keyingi o‘rinda konditer mahsulotlari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi Marslar oilasi joylashdi.

Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, Marslar oilasining boyligi 141,9 mlrd dollarga teng.

Ro‘yxatda uchinchi o‘rinni 124,4 mlrd dollar boylik bilan Koxlar oilasi egalladi.

Yuqori o‘ntalikka shuningdek, Hermes modalar uyiga egalik qiluvchi Ermelar oilasi (116 mlrd dollar), Saudiya Arabistoni qirollik oilasi (100 mlrd dollar), Chanel modalar uyi egasi bo‘lgan Vertxaymerlar oilasi (61,8 mlrd dollar) va Thomson Reuters axborot agentligiga egalik qiluvchi Tomsonlar oilasi (61,1 mlrd dollar) kirdi.

Avvalroq EY konsalting kompaniyasi va Shveytsariyaning Sankt-Gallen universiteti dunyoning eng yirik oilaviy kompaniyalari reytingini taqdim qilgandi.

Mavzuga oid
Top