Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tailand mamlakatga 250 ming dollar investitsiya qiluvchi xorijliklarga 10 yillik viza bermoqchi
Tailand hukumati mamlakatga badavlat xorijliklarni jalb qilish rejasini taqdim qildi. Unga ko‘ra, Tailanddagi ko‘chmas mulk yoki davlat obligatsiyalariga kamida 500 ming dollar investitsiya kiritgan va yiliga kamida 80 ming dollar topishi isbotlarini keltirgan xorijliklar 10 yillik viza olishi mumkin bo‘ladi. Pensionerlar uchun ushbu talablar 2 karra yengilroq bo‘lib, mos ravishda 250 ming dollarlik investitsiya va 40 ming dollardan ko‘proq yillik daromadni tashkil qiladi. Dastur 2022 yildan amal qila boshlaydi va u dastlab 5 yilga mo‘ljallangan, biroq keyin uzaytirilishi mumkin.
Tailand hukumatining fikricha, yangi dastur mamlakatga badavlat xorijliklarni, jumladan pensionerlarni jalb qilishi kerak. Bu pandemiya sababli mamlakatga sayyohlar oqimi kamaygan hozirgi sharoitda ayniqsa dolzarb hisoblanadi. “Biz xorijlik fuqarolar, pensionerlar va yuqori malakali mutaxassislar ushbu imkoniyatni yaxshi qabul qilishlariga umid qilmoqdamiz. Biroq ushbu reja hukumat kutgandek investitsiyalarni keltiradimi yoki yo‘qmi, hali buni ko‘rish kerak”, deb izoh bergan yangi dasturga Mercer konsalting kompaniyasining Tailanddagi bo‘limi boshlig‘i Yukxay Bunyavat.
Mavzuga oid
09:21
Ishonchli boshqaruvchilar aktivlarini baholash har chorakda amalga oshiriladi
14:19 / 22.12.2025
Germaniya 2025 yilda oilani birlashtirish bo‘yicha 100 mingdan ortiq viza berdi
10:10 / 22.12.2025
Chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalarning eng ko‘pi savdo sohasida
17:12 / 20.12.2025