BBC korrespondenti Sekunder Kirmoniy Afğoniston şimoliga qaytdi va hokimiyat almaşinuvidan tört haftadan oşiq vaqt ötib oddiy odamlar hayotida qanday özgarişlar röy berganini kuzatdi.
Özbekiston-Afğoniston çegarasida yuk poyezdi Amudaryo ustidan ötib, yangi taşkil etilgan Islom Amirligiga kiradi. «Tolibon»ning qora-oq ranglardagi bayroği özbeklar bayroği bilan yonma-yon hilpiraydi.

Mahalliy aholining bir qismiga toliblar hukmronligi ostidagi hayot ma'qul, yana bir qismi esa bunga könikişi qiyin keçmoqda.
Buğdoy ortilgan yuk maşinasi haydovçisining aytişiça, u avvalgi davrda blokpostlardan ötişda doimiy ravişda poraxör politsiyaçilarga pulining bir qismini berişga töğri kelganini aytadi.
«Endi bunday emas. Men bir afğoniy bermasdan Kobulga yetib borişim mumkin», deya mamnuniyat bilan sözlaydi u.
Şu bilan birgalikda, mamlakatda iqtisodiy inqiroz yetilmoqda va naqd pul tanqisligi yuzaga kelgan.
Tadbirkorlardan biri taşqi savdo töxtab qolgani, çunki afğon importyorlariga olib kirilgan mahsulotlar uçun heç kim heç narsa tölamayotganini aytib ötdi.
Hayraton portidagi bojxona xizmati rahbari Maulvi Sayidning aytişiça, «Tolibon» import bojlarini kamaytirib, mamlakatga yana badavlat savdogarlarni jalb etişga intilmoqda. «Odamlar işli böladi, tadbirkorlar esa kelgusida buning mukofotini oladi», deya qayd etgan u.
Çegaradan çamasi bir soatlik yölda Afğonistonning törtinçi yirik şahri Mozori Şarif joylaşgan. Taşqaridan qaraganda bu yerda barçasi joyidadek körinadi, ammo köpçilik qaşşoqlaşgan.

«Mozori Şarifning madaniy yuragi, koşinlardan mohirlik bilan bino etilgan Moviy masjid tomon yöl olaman. Bu yerda men sönggi bor avgust oyi boşida, toliblar kelişidan biroz avvalroq bölgandim. Öşanda masjid atrofi yoşlar bilan gavjum bölib, har tomonda yigit-qizlar selfiga tuşişardi.
Hozir esa toliblar bu yerga taşrif buyuriş uçun çeklovlar örnatişgan: ayollar faqat tongda, erkaklar esa kunning qolgan qismida kelişi mumkin. Biz «ayollar vaqti»da kelib qöyibmiz. Masjid atrofida sayr qilib yurgan afğon qiz-ayollarni uçratiş mumkin, ammo avvalgidek köp ham emasdi. «Barçasi joyida, şunçaki odamlarga yangilarga könikiş uçun vaqt kerakdek körinmoqda», deya mujmal javob bilan izohlaydi ulardan biri.





















