Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Beeline Business: eng tezkor internet bilan yanada ko‘proq imkoniyatlar
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligiga Beeline Business katta miqdordagi internet-trafikka ega bo‘lgan yangi super-foydali Business Online internet-paketlarini ishga tushirdi. Ushbu foydali taklif samarali biznes uchun, ayniqsa, abonent har doim internetda onlayn qolishi zarurligi bilan bog‘liq. Ushbu internet-paketlar Business Plan, Business Plus va Business M2M tariflar qatorida, shuningdek, Shifokor, Ustoz, Harbiy tarif rejalarida haqi keyin to‘lanuvchi va oldindan to‘lanuvchi to‘lov tizimli korporativ mijozlari uchun amal qiladi.
Korporativ mijozlar uchun xizmatlar va takliflarni doimiy ravishda takomillashtirish – Beeline Business faoliyati va rivojlanishining asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Shu maqsadda kompaniya doimiy ravishda eng yaxshi biznes yechimlarini joriy etish ustida ishlaydi.
“Biz korporativ mijozlar uchun xizmatlarimiz yanada arzonroq va ishonchli bo‘lishini istaymiz. Shuning uchun, har doim birinchi navbatda servis va xizmatimiz foydalanishda oson va qulay, takliflarimiz esa turli xil bo‘lishini o‘ylaymiz. Yangi internet-paketlarda abonentlarimizga biznes-jarayonlarni yanada samarali boshqarish, ularni soddalashtirish va optimallashtirish imkonini beradigan ko‘plab gigabaytlar mavjud. Umid qilamizki, bundan ham ko‘proq mijozlar bizning takliflarimizdan aynan o‘zlariga mos keladiganini topishadi”, - dedi yangi internet-paketlarning ishga tushirilishi haqida biznes-segmentni rivojlantirish bo‘yicha katta menejyeri Estella Dymchenko.
Batafsil ma'lumotni beeline.uz/b2b/business-online-new saytida olish mumkin.
Shuningdek, bayram sharafiga, 1 sentyabr kuni, Shifokor, Ustoz va Harbiy tarif rejalari abonentlariga 30 kun davomida qo‘shimcha 5 000 MB taqdim etildi. Bundan tashqari, ushbu tariflarga ulangan abonentlar shu yilning sentyabr oyi davomida ushbu qo‘shimcha internet-paketlarni olishlari mumkin bo‘ladi.
“Abonentlarimizning mobil ehtiyojlari doimiy ravishda o‘zgarib turadi, shu munosabat bilan korporativ takliflarni muntazam yangilab turish va takomillashtirish kompaniyaning rivojlanish strategiyasining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Biznesni muvaffaqiyatli olib borish, ishonchli va sifatli aloqani taqdim etish, va eng tez mobil internetga kirishni ta'minlash uchun biz har doim ishbilarmonlarni qo‘llab-quvvatlaymiz, ularga qulay va foydali sharoitlar yaratib beramiz. Zero, bugun onlayn qolish har qachongidan ham muhimroq. Shuning uchun, bizning yangi takliflarimiz biznes uchun maxsus mo‘ljallangan. Ularda imkon qadar korporativ mijozlarimizning talablari inobatga olingan”, - dedi Beeline Uzbekistan tijorat direktori Maksim Yefremov.
Aksiya haqida batafsil ma'lumot: beeline.uz/b2b/5-000-mb-ot-beeline-business.
Beeline Business yangi xizmatlarni ishlab chiqish va mobil bozoriga aktual takliflarni kiritish, xizmatni rivojlantirish va yangi korporativ mijozlarni jalb qilish bo‘yicha keyingi ishlarni rejalashtirmoqda.
*Ookla'ning (Speedtest xizmatini ishlab chiquvchi) 2021 yilning birinchi yarmi bo‘yicha ma'lumotlariga ko‘ra, Beeline Uzbekistan o‘z mijozlariga mamlakatdagi eng tezkor mobil internetni taqdim etadi. Har yili butun dunyo bo‘ylab operatorlar o‘rtasida o‘tkaziladigan mobil internet sifatini o‘rganish natijalarini Ookla veb-saytida ko‘rish mumkin.
Unitel MChJ 2006 yil 12 sentyabrdan boshlab Beeline Uzbekistan savdo belgisi ostida xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan – bosh qarorgohi Amsterdamda (Gollandiya) joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiradi.
VEON – bu 9 ta mamlakatda 213 milliondan ortiq abonentga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlarini yetkazib beruvchi kompaniya. Uning aksiyalari NAQSAD va Euronext Amsterdam fond bozorlarida ro‘yxatga olingan.
Beeline Uzbekistan’da 1,6 mingga yaqin xodim faoliyat yuritadi. 2006 yildan boshlab, O‘zbekiston bozoriga kirganidan beri, VEON mamlakat telekommunikatsiya sanoatiga 1,2 milliard dollardan ortiq mablag‘ kiritdi. Beeline savdo belgisi O‘zbekistondagi faoliyati davomida 1,7 milliard dollardan ortiq miqdorda soliq to‘lagan.
Sayt: beeline.uz
Facebook: fb.com/beeline.uz
Instagram: @beeline_uzbekistan
Telegram: t.me/uzbeelineuzb
Twitter: twitter.com/beeline_uz
LinkedIn: linkedin.com/company/beeline-uzbekistan
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
15:55 / 08.08.2025
Endi Beeline foydalanuvchilari kunlik abonent to‘lovi yechish xizmatini o‘zlari boshqara oladi
11:41 / 11.06.2025
Raqobat qo‘mitasi Beeline kompaniyasiga abonent to‘lovi masalasida ko‘rsatma berdi
16:00 / 23.10.2024
Beeline Academy nufuzli EMBRAS World mukofotini qo‘lga kiritdi
18:00 / 31.07.2024