“Xorijda heç qanday imtihonsiz öqing” – usti yaltiroq reklamalar haqida
|22:31 / 20.09.202118 22110 min
OTMlarga hujjat topşirgan abituriyentlarning hammasi ham talaba böla olmaydi. Sababi kvota çegaralangan. Imtihondan yiqilganlar uçun “heç qanday imtihonsiz talaba böling”, “1 yildan keyin öqişingizni Özbekistonga köçirişga yordam beramiz”, degan takliflar esa juda köp. Xpress.uz çiroyli reklamalarga “tuşib” qolmaslik, ularni tekşiriş haqida material tayyorladi.
OTMlarga kirgan abituriyentlar allaqaçon öqişni boşlab yuborişdi. Lekin hujjat topşirgan abituriyentlarning hammasi ham talaba böla olmaydi. Bu yil 948 ming odam hujjat topşirgan bölsa, ajratilgan kvota 158 mingga yaqin edi. DTM ma’lumotlariga köra, jami 179 352 nafar abituriyent talabalikka qabul qilindi. Demak, juda köpçilikda talaba böliş imkoni yöq.
Hozir öquv yili boşlanib, öqişdan “yiqilgan” köpçilik yana bir yilni qanday ötkaziş haqida öylanib qolgan payt.
Mana şu vaziyatda öqişga kira olmaganlar uçun turli reklama va e’lonlar köpaygandan köpayyapti. Örganişlarimizga köra, ularning asosiy qismi qöşni Qozoğiston, Qirğiziston davlatlarida imtihonsiz talaba böliş imkonini taklif qiladi. Reklamalar “Heç qanday imtihonsiz talaba böling”, “1 yildan keyin Özbekistonga öqişni köçirişingizga ham amaliy yordam beramiz”, “Biror marta bormasdan 1-kursni tugatiş mumkin”, degan mazmunda.
“2ta sessiyani ham yopib beramiz...”
Hatto reklamalardan birida “Firma tölovi bilan birga 2ta sessiyani ham yopib beramiz”, degan va’da berilgan. Qanday qilib?
Reklama haqida ma’lumot oliş uçun telefon orqali boğlandik:
“Kontrakt tölovi 4-4,5 mln söm atrofida böladi. Firma tölovi 6 mln söm. Buni içida 2ta sessiyani yopib beriş xizmati ham bor”.
“Qanday qilib?”
“Sessiya pulga yopiladi-da, opajon. Agar mana şu universitet – Qaynar akademiyasiga topşirsangiz, bormasdan öqiş imkoni bor. Agar bormasdan “zaoçnyy” öqisangiz, sessiyalarni kamida 200 dollardan yopasiz. Öqişga çaqirişsa, faqat bir marta borasiz”.
Mavzuga oid
Bunday e’lonlarni berayotgan konsalting firmalar nazorat qilinmaydi
“Özbekiston qonunçiligiga köra, çet elda öqişni taklif qiluvçi konsalting firmalar Davlat xizmatlari agentligidan yuridik şaxs sifatida röyxatdan ötadi. Ular yuridik şaxs guvohnomasi bilan xizmat körsatadi.
Konsalting firmalarning faoliyati va körsatayotgan xizmatlarini nazorat qiluvçi organ yöq. Şuning uçun ham asosiy mas’uliyat xorijda öqişni xohlagan talabgor yoşlar va ularning ota-onalarida böladi”, deya ma’lumot berdi Ta’lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi bölim boşliği Nizomjon Işanqulov.
Nizomjon Işanqulov
Konsalting firmalar, asosan, abituriyentga universitetlarni topib beriş va uning hujjatlarini tanlangan OTMga topşiriş xizmatini bajaradi. Lekin axborot asri bölgan zamonda bu işlarni bemalol hammaning özi bajara oladi. Hozir internet orqali xorijdagi OTMlar haqida ma’lumot oliş, ularning veb saytiga kirib tanişiş va hatto onlayn hujjat topşiriş imkoni ham bor. Faqat hammasini sinçkovlik bilan tekşiriş talab etiladi.
Qöşni davlatda öqişni tanlaş uçun nimalarga ahamiyat beriş kerak?
Nizomjon Işanqulovning maslahat berişiça, talabgor, avvalo, özi öqimoqçi bölgan davlatning ta’lim tizimi bilan tanişib çiqişi va uning Özbekiston ta’lim tizimiga qançalik mosligini örganişi lozim.
Söng talabgor özi tanlagan OTMning faoliyat yuritiş uçun litsenziya, akkreditatsiya hujjatlarini tekşirib körişi kerak.
“Ayni paytda xorijda öqiş haqidagi reklamalarda Özbekistonda tan olinmaydigan ta’lim şaklida öqiş mumkinligi aytiladi. Masalan, eksternat, masofaviy ta’limni taklif qilişadi.
Yoki ba’zi hollarda talabaga umuman bormasdan öqiş mumkinligi aytiladi, lekin unga kunduzgi yoki keçki ta’limda öqiganligi töğrisida diplom beriladi. Bu hujjatlarni soxtalaştiriş hisoblanadi va bunday hujjatni tan oliş muammoli”, deya qayd etdi Nizomjon Işanqulov.
Öqişni köçirişni heç kim kafolatlay olmaydi
Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi boş boşqarma boşliği Abduvali Xoliqovning qayd etişiça, aksar konsalting firmalar 1 yildan keyin öqişni köçirişga yordam körsatiş yoki öqişni köçirişni kafolatlaş haqida va’dalar beryapti. Lekin bularning barçasi – asossiz.
Abduvali Xoliqov
“Öqişni köçirişni heç kim, hatto Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi ham kafolatlay olmaydi. Sababi öqişni köçirişda belgilangan minimal ball mavjud va talabaning özi imtihondan mana şu ballni töplay olsa, öqişini Özbekistonga köçira oladi. Ya’ni hammasi faqatgina uning öziga boğliq, boşqa heç kim kafolat bera olmaydi.
Bu yil öqişni köçiriş uçun ariza topşirganlarning 70 foizi imtihondan öta olmadi. Ular vazirlikka kelib, tegişli firmalar bergan va’dalarni vaj qilib körsatyapti. Biroq vazirlikning bunday firmalarga heç qanday aloqasi yöq. Şu sababli fuqarolar ma’lumot olib, befoyda xarajatga tuşib qolmaslik uçun ehtiyotkor harakat qilişlarini tavsiya qilamiz”, dedi Abduvali Xoliqov Xpress.uz’ga bergan intervyusida.
Bu yil qança talabgor öqişni köçiriş uçun hujjat topşirdi?
Abduvali Xoliqovning ma’lumot berişiça, bu yil öqişni köçiriş uçun hujjat topşirganlar soni 98 mingdan ortiq bölgan. Ular DTM tomonidan taşkillaştirilgan testni yoki OTMning özida ötkazilgan ijodiy imtihonni topşirişdi. Natijalarga köra, 2021 yilgi talabgorlarning 70 foizi imtihondan öta olmagan. Ya’ni ularda öqişni köçiriş imkoni bölmadi.
Bu yil öqişni köçiriş uçun Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi tizimidagi OTMlarda ötiş balli – 66,1 ball, tibbiyot oliygohlarida – 100 ball, yuridik universitetlar uçun 105,84 ball etib belgilangandi.
Imtihondan söng kerakli ballni töplagan talabgorlarning ma’lumotlari örganiladi: u öqigan xorijdagi OTMning akkreditatsiya hujjatlari, talabgorning haqiqatan öşa joyda öqigani tekşiriladi va agar hujjatlarda muammo bölmasa, öqişni davom ettirişi mumkin.
Osonroq tanlov
E’lonlar mazmuni va öqişni Özbekistonga köçirişga talabgorlarning bunçalik köpligi qöşni davlatlarga öqişga boradiganlarning aksari 1 yil öqib keyin öqişini Özbekistonga köçiriş niyatida ekanini körsatadi.
Sababi Özbekiston OTMlarida ötiş ballari yuqori böladi, bu ballni töplaşdan köra, 1 yil öqigaç, “perevod”ning minimal ballini töplaş osonroq.
Masalan, 2020 yilda Toşkent davlat yuridik universitetining balli eng past bölgan yönalişi uçun ötiş balli 170,4 ball bölgan. Bu yilgi “perevod” esa yuridik yönalişlar uçun 105,84 ball. 105,84 ball bilan ötgan yili yuridik universitetning ostonasiga ham borişga imkoni yöq talabgor öqişni köçiriş orqali şu yildan talaba böla olişi mumkin.
“Odamlar çet elga borib pul tölab universitetga kiryapti, öqişga bormayapti ham, bir yildan keyin bizdagi nufuzli universitetga öqişni köçirib öqiyapti. Bu qança öqib, bir ball, yarim ball yetmay öqişga kira olmaganlarga nisbatan adolatsizlik-ku”, deb munosabat bildirdi holatga adliya vaziri Ruslanbek Davletov.
Yana bir jihat: maktablarning reytingini aniqlaşning bir omili bitiruvçilarning OTMlarga kiriş körsatkiçi bölgani bois maktablarda öqişga kira olmaganlarni qöşni davlatlarda öqişga majburlaş holatlari ham uçrayapti.
Şunday holatlarning biri Navoiy viloyati Zarafşon şahridagi maktablardan birida kuzatilgani haqida material e’lon qilindi. Holatga munosabat bildirgan Navoiy viloyati XTB boşliği Marat Şamuratov “Ayrim sabablarga köra, 2 nafar bitiruvçining ota-onasi fikridan qaytdi. Biroq şartnoma pulini tölab bersa, uyida ötirib onlayn öqisa, bir yildan keyin öqişni Özbekistonga köçirsa, buning nimasi yomon?” degan.
Lekin öqişni köçira oliş kafolatlanmagani ma’lum, yetarli ball töplay olmagan talaba özi xohlamagan xorijdagi OTMda bir neça yil umrini sarflaşiga töğri kelsa-çi? Yoki ularda yana bir tanlov: tabaqalaştirilgan kontrakt asosida öqişni köçiriş bölişi mumkin. Kontrakt narxlari esa arzon emas.
Keyingi yildan öqişni köçiriş uçun minimal ballar oşiriladi
Bu haqda oliy va örta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toşqulov bir neça marta ta’kidladi.
Vazirlik mas’ul xodimi Abduvali Xoliqov keyingi yildan vazirlik tizimidagi OTMlar uçun öqişni köçiriş ballari 100 balldan kam bölmasligini, yönalişlarga qarab belgilanişini, talab yuqori yönalişlarning ötiş balli ham yuqoriroq bölişini ma’lum qildi.
Tanlov har kimning öziga boğliq. Istagan odam xorijda bemalol öqişi mumkin. Biroq bunday tanlov qilayotganda ozgina ehtiyotkor böliş, reklamalarni faktçeking qilib köriş, eng muhimi, diplom uçun emas, malakaga ega böliş uçun OTMni tanlaş muhimroq.
Zilola Ğaybullayeva
jurnalist
Tasvirçi va montaj ustasi – Abduqodir Tölqinov