Kun.uz manbasining xabar berişiça, Navoiyda talaba böla olmagan bitiruvçilar qöşni davlatlardagi OTMlarga hujjat topşirişga majburlanmoqda. Xususan, Zarafşon şahridagi 5-umumiy örta ta'lim maktabida bu holat oçiqçasiga amalga oşirilyapti.
Oldinroq viloyat XTB “Özbekiston mustaqilligining 30 yilligiga 30 ta maktab” loyihasini ilgari surgan,unda hududdagi 30 ta maktabning bitiruvçilari 100 foizlik natija bilan OTMlarga öqişga kirişiga harakat qilinişi haqida ma'lum qilgandi. Mandat e'lon qilingaç, uşbu va'da bajarilgani, viloyatdagi 30 ta maktab bitiruvçilari 100 foizlik natija bilan talaba bölgani haqida xabarlar tarqatildi. Uşbu maktablar röyxatida Zarafşon şahridagi 5-umumta'lim maktabi ham bor.
Biroq Kun.uz manbasiga köra, uşbu maktabning 7 nafar bitiruvçisidan 3 nafari talaba bölgan. Qolgan 4 nafari esa testlardan “yiqilgan”. Endilikda, “100 foizlik natija va reytingni” uşlab qoliş uçun maktab direktori talaba bölolmagan bitiruvçilarni qöşni davlat OTMlariga hujjat topşirişga majburlayapti.

Kun.uz holat yuzasidan izoh oliş uçun Navoiy viloyati XTB boşliği Marat Şamuratov bilan boğlandi. XTB boşliğiga köra, talaba bölolmagan 3 nafar bitiruvçining ota-onasi avvaliga farzandlarining Qirğizistondagi OTMda öqişiga rozilik bildirgan. Ammo keyinçalik ularning fikri özgargan.
“Birovning bolasini majburlab bölarkanmi? Bunaqa holatga yöl qöyilmaydi. Aslida, öqişga kirolmagan 3 nafar bitiruvçi Qirğizistondagi OTMda öqişga rozilik bildirgan va öz ixtiyori bilan hujjat topşirgan. Ulardan 2 nafarining şartnoma puli maktab direktori tomonidan, 1 nafariniki esa hududdagi Geologiya qidiruv ekspeditsiyasi tomonidan tölab berilmoqçi edi. Biroq ayrim sabablarga köra, 2 nafar bitiruvçining ota-onasi fikridan qaytdi. Biroq şartnoma pulini tölab bersa, uyida ötirib onlayn öqisa, bir yildan keyin öqişni Özbekistonga köçirsa, buning nimasi yomon?” — deydi Marat Şamuratov.
Bitiruvçilardan biri Nurlat Mirzamuratov esa Kun.uz bilan suhbatda holatni boşqaçaroq izohlab, maktab direktorining qistovi sababli Qirğizistondagi OTMga hujjat topşirişga rozilik bildirganini ma'lum qildi.











