16 sentyabr kuni Jahon banki turli davlatlarda biznes yuritiş şaroitlarini baholovçi Doing Business reytingini e'lon qilişni töxtatişini ma'lum qildi.
«Bank rahbariyati Doing Business hisobotini e'lon qilişni töxtatişga qaror qildi. Kelgusida işbilarmonlik va investitsion muhitni baholaşga yangiça yondaşamiz», deb aytilgan bank xabarida.
Bunga bir neça yil davom etgan içki tekşiruv sabab bölgan. Aniqlanişiça, 2018 yilgi reytingda Xitoyning, 2020 yilda Saudiya Arabistonining körsatkiçlari aslidagidan yuqori qilib körsatilgan, Ozarboyjonning bahosi esa sun'iy ravişda pasaytirilgan.
Xulosada aytilişiça, reytingga uşbu özgarişlar Jahon bankining sobiq rahbari Jim Yon Kim, Xalqaro valuta jamğarmasining hozirgi rahbari Kristalina Georgiyeva va reyting asosçilaridan biri Simeon Dyankovlarning bosimi ostida kiritilgan.
WilmerHale yuridik firmasi tomonidan tayyorlangan hisobotda ayrim mamlakatlar reytingini pasaytiriş uçun bank rahbariyati «Özbekiston protokoli» deb nomlangan qoidani qöllagan bölişi mumkinligi aytilgandi.
Uşbu holat yuzasidan Jahon bankining Özbekistondagi vakolatxonasi quyidagiça izoh berdi:
«Jahon banki sönggi yillarda Özbekistonning oçiq bozor iqtisodiyoti yölidagi keng va ulkan maqsadli iqtisodiy transformatsiyasi doirasida işbilarmonlik muhitini yaxşilaş uçun amalga oşirilayotgan islohotlarini qöllab-quvvatlaydi. Bu islohotlar içki va taşqi savdoni erkinlaştirişni, tadbirkorlik sub'yektlarini röyxatga oliş va litsenziyalaş tartibini soddalaştirişni, şuningdek, soliq tizimini rivojlantirişni öz içiga oladi. Uşbu islohotlar natijasida işbilarmonlik muhiti va davlat moliyaviy boşqaruvida özgarişlar amalga oşdi.
Xususan, 2018-2019 yillarda xorijiy kapital iştirokidagi yangi röyxatdan ötgan tadbirkorlik sub'yektlari va korxonalar sonining sezilarli ösişi kuzatildi.
Jahon bankining ilgari Özbekistondagi islohotlarga bergan bahosiga kelsak, WilmerHale hisobotida qayd etilganidek, «Biznes yuritiş» hisobotlarining çiqişiga mas'ul bölgan jamoa a'zolari va Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi faoliyatini boşqaradigan şaxslar «Özbekiston protokoli» deb nom olgan amaliyot işlatilganidan bexabardirlar. Şuningdek, WilmerHale hisobotida bunday «protokol» mavjud bölgani va u Jahon bankining operatsion faoliyatiga qandaydir ta'sir körsatganini tasdiqlovçi faktlar keltirilmagan».









