Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 08:01 / 24.09.2021
6402
1 daqiqa o‘qiladi
Bozorlardagi mahsulotlarning minimal-maksimal narxi e'lon qilindi
Davlat statistika qo‘mitasi 2021 yil 22 sentabr kungi hududiy markaziy dehqon bozorlarida o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini e'lon qildi.
Unga ko‘ra, suyakli mol go‘shtining 1 kilogrammi narxi 45 000 - 68 000 so‘mni tashkil qildi. Shuningdek, boshqa asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxi quyidagicha:
- qo‘y go‘shti (1 kilogramm) — 52 000—80 000 so‘m;
- kartoshka (1 kilogramm) — 2000—5500 so‘m;
- piyoz (1 kilogramm) — 1000—3000 so‘m;
- sabzi (1 kilogramm) — 2000—9000 so‘m;
- tuxum (10 dona) — 6000—14 000 so‘m;
- guruch (1 kilogramm) — 5000—17 500 so‘m;
- o‘simlik yog‘i (1 litr) — 14 000—24 000 so‘m;
- shakar (1 kilogramm) — 7500—9000 so‘m.
Narxlarni o‘rganishda dehqon bozorlaridagi oziq-ovqat mahsulotlari inobatga olingan.
Mavzuga oid
16:20 / 28.01.2026
Yangilangan statistikada gaz qazib olishda 3,3 mlrd kublik tafovut paydo bo‘ldi
14:27 / 28.01.2026
O‘zbekiston iqtisodiyoti 2025 yilda 1,85 kvadrillion so‘mga yaqinlashdi
13:34 / 28.01.2026
Shahar va qishloq aholisi deyarli teng: demografik yangi ma’lumotlar
09:31 / 28.01.2026