Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
La Liga. «Barselona»da yana durang, «Real» yirik hisobda g‘alaba qozonib 1-o‘rinni saqlab qoldi va boshqa natijalar
Ispaniya chempionatida 6-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
«Real» o‘z maydonida «Malorka»ni yirik hisobda mag‘lub etib, peshqadamlikni saqlab qoldi. Benzema dublga erishgan bo‘lsa, Asensio sobiq jamoasi darvozasiga 3ta gol urib Madrid klubidagi ilk het-trigini qayd etdi, so‘nggi gol Isko hisobiga yozildi. Mehmonlardan yagona javob to‘pini Li Kan In kiritdi.
«Barselona» safarda «Kadis» bilan durang o‘ynadi. Bu —kataloniyaliklarning ketma-ket ikkinchi durangi. Shuningdek, «Barsa» «Kadis»ni o‘tgan mavsumda ham yenga olishmagandi.
Markaziy bahsda «Sevilya» o‘z maydonida «Valensiya» ustidan g‘alaba qozonib, 4-o‘ringa chiqib oldi. «Atletiko» safarda «Xetafe» mehmoni bo‘lib, Suaresning dubli evaziga irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi. Mavsum boshidan beri faqat durang o‘ynayotgan «Vilyarreal» «Elche» bilan bahsda ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
La Liga. 6-tur. 22 sentabr
Kadis — Barselona 0:0
Kadis — Ledesma, Karselen (Akapo, 79), Aroyan, Chust, Espino, Arsamendiya (Perea, 57), Ximenes (Salvi, 46), Fali Ximenes (Yonsson, 40), Alarkon, Negredo (Losano, 57), Sobrino.
Barselona — ter Stegen, Pike, Arauxo, Mingesa, Dest (Puch, 80), Buskets, Frenki de Yong, Gavi (Niko, 73), Demir (Roberto, 46), Depay, Lyuk de Yong (Koutino, 68).
Chetlatish: Frenki de Yong (65).
Granada — Real Sosedad 2:3
Gollar: Sanches (9), Milya (70, penalti) — Elustondo (52, 82), Merino (60).
Osasuna — Betis 1:3
Gollar: Kike (39) — Ermozo (21), Xuanmi (80), Villian Joze (90+3).
Real — Malorka 6:1
Gollar: Benzema (3, 78), Asensio (24, 29, 55), Isko (84) — Li Kan In (25).
Real – Kurtua, Nacho (Santos, 80), Alaba, Militao, Migel Guterres, Valverde, Kamavinga (Blanko, 60), Benzema (Yovich, 80), Asensio (Isko, 72), Vinisius, Rodrigo (Vaskes, 72).
Malorka – Reyna, Sastre, Valent, Olivan, Gayya (Kosta, 59), Kubo (Baba, 46), Li Kan In, Battalya, Febas (Sanches, 59), Lago Junior (Mbula, 76), Xopp (Prats, 59).
Vilyarreal — Elche 4:1
Gollar: Pino (5), Trigeros (39), Grunevald (60), A.Moreno (90+4) — Moxika (19).
Vilyarreal — Asenxo, Mandi, Torres, Pedrasa (Estupinian, 46), Gaspar, Kapu, Trigeros (Koklen, 75), Pino (M.Gomes, 53), Alkaser (Dia, 76), Grunevald (A.Moreno, 86).
Elche — Kasilya, Roko, Barragan, Gonsales, Xosan, Gumbo (Maskarel, 64), Markone (Guti, 64), Fidel (Pastore, 64), Moxika, Karrilo, Peres (Benedetto, 69).
Sevilya — Valensiya 3:1
Gollar: Gomes (3), Lato (15, avtogol), Mir (22) — Duro (31).
Sevilya — Bunu, Montel (Navas, 56), Karlos, Kunde, Rekik, Fernando (Gudel, 77), Gomes, Jordan (Rakitich, 56), Lamela, Okampos (Dileyni, 69), Mir (An-Nosiri, 56).
Valensiya — Mamardashvili, Fulke, Paulista, Alderete (Diakabi, 46), Lato, Jyeyson (Musa, 46), Gilyamon, Vass (Kuandredi, 67), Gedesh (Markos, 67), M.Gomes, Duro (Valexo, 80).
Espanol — Alaves 1:0
Gol: De Tomas (54, penalti).
Atletik B — Rayo Valekano 1:2
Gollar: Siss (33, avtogol) — Garsiya (5), Falkao (90+6).
Levante — Selta 0:2
Gollar: Aspas (66), Mendes (85).
Amalga oshirilmagan penalti: Roxer (71, «Levante»).
Xetafe — Atletiko 1:2
Gollar: Mitrovich (45) — Suares (78, 90+1).
Xetafe — Soriya, Iglesias, Mitrovich, Jyene, Kuenka, Olivera, Maksimovich, Alenya, Florentinu (Poveda, 90+3), Mata (Silva, 78), Masias (Unal, 67).
Atletiko — Oblak, Tripper (Ermoso, 62), Savich, Ximenes, Lodi (de Paul, 63), Errera (Vrsalko, 85), Karrasko, Lorente, Suares, Grizmann (Kunya, 67), Korrea.
Ogohlantirishlar: Suares (22), Errera (64), Mata (65), Ximenes (66), Alenya (66), Maksimovich (90), Karrasko (90+3), Kuenka (90+6).
Chetlatish: Alenya (74).

Mavzuga oid
12:16 / 23.03.2026
Madrid derbisida “Real” ustun keldi, “Barselona” minimal hisobda g‘alaba qozondi
12:28 / 28.10.2023
La Ligada El-klasiko, APLda Manchester derbisi, A Seriyada azaliy raqiblar to‘qnashuvi. Hafta o‘yinlari anonsi
18:38 / 15.07.2023
La Liga klubi Eldor Shomurodovga qiziqish bildirmoqda
01:31 / 16.06.2023